Olmaliqda YPX xodimi «yuqoridan kelgan» buyruq bilan qoidabuzar haydovchini qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi
Toshkent viloyatining Olmaliq shahri hududida YHX xodimi tomonidan qoidabuzarlik uchun to‘xtatilgan qora rangli Malibu-2 avtomobili xodimga «yuqoridan berilgan» buyruq tufayli qo‘yib yuborildi.

«Toshkent» telekanalida efirga uzatilgan «Poytaxt yo‘llarida» ko‘rsatuvida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan holat namoyish etildi. Videoda ko‘rish mumkinki, o‘zini viloyat YPX xodimi deb tanishtirgan inspektor qora rangdagi Malibu-2 avtomobilini haydovchi xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangani uchun to‘xtatgan. Inspektor haydovchidan barcha hujjatlar, xususan, tonirovka ruxsatnomasini so‘raydi.
YPX xodimi planshetda bayonnoma rasmiylashtirishga kirishadi. Uning harakatlariga esa avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi shaxsdan e'tiroz bildiriladi.
Shu daqiqada YPX xodimiga ratsiya orqali rahbarlaridan biri bog‘lanadi. U ratsiya orqali xodimga «unga ham telefon bo‘lgani, ushlab turgan avtomobilini ko‘p gapirmasdan oq yo‘l tilab qo‘yib yuborishi kerakligi»ni aytadi. Shundan so‘ng, YPX xodimi buyruqni bajarib, Malibu’ni qo‘yib yuboradi.
Davlat raqam belgisi 01 584 AAA bo‘lgan Malibu salonidagi noma'lum shaxs ketish oldidan YPX xodimining ismi va familiyasini so‘rab oladi.
Kun.uz holat bo‘yicha izoh olish uchun IIV YHXBB bilan bog‘landi. YHXBB axborot xizmati holat yuzasidan Toshkent viloyatida surishtiruv o‘tkazilayotgani, yaqin fursatlarda rasmiy ma'lumot berilishini aytdi.
Qayd etish joiz, YPX xodimlari tomonidan nufuzli shaxslar va amaldorlarning avtomobillari qoidabuzarlik bo‘lganidan qat'i nazar to‘xtatilmasligi, qonun barchaga birday ishlashi lozimligi bo‘yicha jamoatchilikda doimiy e'tirozlar bo‘lib kelgan. Biroq, YHXBB bunday holatlarni doimiy ravishda inkor qilib keladi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

23:28 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025