Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yetkazib beruvchilardan maxsus kombinezon kiyish talab etiladi – Maxsus komissiya qarori
O‘zbekistonda karantin cheklovlari 10 mayga qadar uzaytirilishi munosabati bilan, Respublika maxsus komissiyasi yangi choralarni belgiladi.
Endilikda yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi litsenziyasiga ega bo‘lgan, yo‘nalishsiz taksilar haydovchilari “maxsus kombinezon” (shaxsiy ximoya kiyimi), tibbiy qo‘lqop va niqoblarda faoliyat olib borishi lozim.
Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan bog‘liq barcha litsenziyalar bo‘yicha ariza qabul qilish va litsenziyalarni ko‘rib chiqish va berish 2020 yil 10 maygacha qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, karantin davrida muddati tugaydigan barcha ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar (litsenziya va ruxsatnomalar) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning (fuqarolik pasporti, O‘zbekistonda yashash ruxsatnomasi), avtotransport vositalari uchun talab qilinadigan hujjatlar (sug‘urta polisi, transportni boshqarish uchun ishonchnoma, transport vositasini (qayta) ro‘yxatdan o‘tkazganlikni hamda texnik ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar) amal qilish muddati 2020 yil 1 iyulga qadar uzaytiriladi. Ularning muddati o‘tgani munosabati bilan javobgarlik va boshqa choralar qo‘llanilmaydi.
Xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari joriy yilning 1 iyungacha avtomatik tarzda uzaytirildi.
Bozorlarda «zigzag» tartibiga o‘tiladi, nooziq-ovqat buyumlarning sayyor savdosiga ruxsat berilmoqda
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026