Bugun, 26 dekabr kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi Boş assambleyasining navbatdan taşqari 33-hisobot saylov yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda qömita vitse-prezidentlari, Boş assambleya, Ijroiya qömita va Taftiş komissiyasi a'zolari saylandi.
Bunga qadar vitse-prezident lavozimiga jamoatçilik asosida saylangan Alişer Saidabbosoviç Sultonov va Murod Berdialiyeviç Azimov asosiy mehnat faoliyatidagi iş hajmi oşgani, davlat xizmatlari yuzasidan muhim topşiriqlar va davlat ahamiyatiga molik yirik dasturlar ijrosiga mas'ul ekani inobatga olinib, ularning örniga boşqa nomzodlar örganib çiqilgan.
Örganişlar natijasida Özbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi raisi Ahmadjon Aminjonoviç Rahimov va Osiyo Kuraş Konfederatsiyasi prezidenti Komil Ismoiloviç Röziyev nomzodlariga işonç bildirildi va ular bir ovozdan Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi vitse-prezidenti etib saylandi.


Bugungi kungaça Boş assambleya va Ijroqöm a'zolarining ayrimlari boşqa işga ötganligi sababli, şuningdek, oldin saylangan ba'zi nomzodlar qömitaga a'zo böliş bilangina kifoyalanib, uning faoliyatida biror-bir taşabbus körsatmaganligi uçun Boş assambleya va Ijroqöm tarkibi qayta körib çiqildi.
Ijroiya qömitaning yangilangan tarkibiga quyidagi nomzodlar ovozga qöyildi va bir ovozdan qömita a'zoligiga saylandi:
1. Umid Ahmadjonov – Milliy olimpiya qömitasi prezidenti
2. Jasur Matçanov – Milliy olimpiya qömitasi Boş kotibi
3. Ahmadjon Rahimov – Milliy olimpiya qömitasi vitse-prezidenti
4. Komil Röziyev – Milliy olimpiya qömitasi vitse-prezidenti
5. Salim Abduvaliyev – Milliy olimpiya qömitasi vitse-prezidenti
6. Saida Mahmudova – Özbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi
7. Andrey Abduvaliyev – Özbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi



















