“Özbekiston temiryöl transporti sohasini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

“Özbekiston temiryöllari” va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024 yil 1 yanvargaça quyidagilar taşkil etiladi:

  • yöl xöjaligi, elektr ta’minoti, signallaştiriş va aloqa, lokomotiv xöjaligi, yagona dispetçerlik markazi va yuk stansiyalari iş faoliyatini ta’minlaş böyiça “Temiryölinfratuzilma” AJ;
  • yuk taşiş xizmatlarini amalga oşiriş, yuk vagon va konteyner xöjaligini saqlaş va rivojlantiriş, multimodal “eşikdan eşikkaça” taşuvlarni yölga qöyiş, logistika markazlari va terminallarini taşkil etiş böyiça “Temiryölkargo” AJ;
  • yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdlarda yölovçilarni taşiş xizmatini körsatiş böyiça “Temiryölekspress” AJ;
  • “Öztemiryölyölovçi” tarkibida vokzallar faoliyatini ta’minlaş böyiça “Temiryöl vokzallari” MÇJ va şahar atrofida yölovçilar taşiş böyiça “Şahar atrofida yölovçi taşiş” MÇJ;
  • bolalar oromgohlari, soğliqni saqlaş, madaniy-ma’rifiy va sport obektlarini saqlaş böyiça “Temiryöl ijtimoiy xizmatlar” muassasasi.

Temiryölda yuklarni mahalliy, eksport va import yönalişlarida taşiş tariflariga taqdim etilgan çegirmalar 2024 yil 1 yanvardan bekor qilinadi hamda ularni faqat Vazirlar Mahkamasi qarori bilan taqdim etiş tartibi joriy etiladi (bundan ikki yoki undan köp xorijiy mamlakatlarning temiryöl ma’muriyatlari bilan kelişuvlarga asosan taqdim etilgan çegirmalar mustasno).

2023 yil 1 dekabrgaça temiryöllarda yuklarni taşiş tariflariga taqdim etiladigan çegirmalar röyxati tasdiqlanadi.

2024 yil 1 yanvardan yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etiş hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yölovçilarni taşiş xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga soliş amaliyotidan voz keçiladi va ularni bozor tamoyillari asosida tartibga soliş mexanizmiga ötiladi.

2025 yil 1 yanvardan mahalliy yönalişlarda yölovçilarni taşiş xizmatlarini (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yölovçilarni taşiş bundan mustasno) körsatişdan körilgan zararlar, şuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan temiryöl transportida yuk taşiş xizmatlariga berilgan çegirmalar davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi.

2027 yil 1 yanvargaça temiryöl transporti xizmatlarini körsatuvçi korxonalar tomonidan olib kiriladigan ortiş-tuşiriş işlari uçun möljallangan mexanizm va uskunalarga bojxona bojining nol stavkasi qöllaniladi.