«Yuzlab maktab o‘quvchilarini zaharlab qo‘ygan tadbirkor ozgina jarima bilan qutulib ketyapti» – Sog‘liqni saqlash vaziri
«Biz shunday maqsadga erishamizki, har bir fuqaromiz umumiy ovqatlanish joyida ham, maktab-bog‘chada ham qo‘rqmasdan ovqatlana oladigan bo‘ladi».

Ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari kamayishi uchun bunga yo‘l qo‘ygan shaxslarning javobgarligi kuchaytirilishi lozim, deb hisoblaydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, vazir Senatning 23-yalpi majlisida shu haqda fikr bildirgan.
«Yana bir muhim masala – tadbirkorning mas'uliyati va javobgarligini oshirish. Biz ikki yil davomida tadbirkorlar ustidan tekshiruvni chekladik. Va buning natijasidagi raqamlar:
2017 yilda 607 kishi jabrlangan, 6 kishi o‘lgan;
2018 yilda 583 kishi jabrlangan, 3 kishi o‘lgan,
2019 yilning 9 oyida 358 kishi jabrlanib, 2 kishi vafot etgan.
Endi savol tug‘iladi: biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning huquqini birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerakmi yoki iste'molchining huquqini, xalqning salomatliginimi?
Tadbirkor qonundan ham, xudodan ham qo‘rqsin. Hozir ikkalasidan ham qo‘rqmayapti. Chunki yuzlab maktab o‘quvchilarini zaharlab qo‘yib, ozgina ma'muriy jarima bilan qutulib ketyapti. Albatta, bundan keyin yana bemalol ishini davom ettiryapti», – deydi Alisher Shodmonov.
Uning qayd etishicha, sanitar-epidemiologik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruh qonunchilikka kiritiladigan tegishli o‘zgarishlar bo‘yicha takliflarni kelayotgan haftaning boshida bosh vazirga kiritadi.
«Biz shunday maqsadga erishamizki, har bir fuqaromiz umumiy ovqatlanish joyida ham, maktab-bog‘chada ham qo‘rqmasdan ovqatlana oladigan bo‘ladi», deb qo‘shimcha qildi Sog‘liqni saqlash vaziri.
Alisher Shodmonov ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari tez-tez kuzatilayotganiga sabablar sifatida – tegishli bino va ovqat tayyorlash jihozlarining talabga javob bermasligi, ovqatni tayyorlashda ishlatiladigan mahsulotlarning sifatsizligi, oshxonada ishlovchi kadrlarning salohiyati yo‘qligi kabi omillarni sanab o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WSJ: Maslahatchilar Trampni Rossiyaga yondashuvni kuchaytirishga chaqirmoqda
Jahon | 13:50
-
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston | 13:40
-
Xitoyda O‘zbekiston madaniy hordiq bo‘yicha eng yaxshi yo‘nalish sifatida e’tirof etildi
O‘zbekiston | 13:40
-
Oltin quymalar narxi yangi tarixiy maksimumni qayd etdi – 1 grammlik quymalar 1,4 mln so‘m
O‘zbekiston | 13:31
Mavzuga oid

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat

11:11 / 15.03.2025