«10 ming ishchi o‘rni yaratmasa bunday zavod bizga kerakmas». Prezident Asakadagi mashina zavodini yana tanqid qildi
16 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Andijon viloyati hokimligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Prezident yig‘ilish davomida viloyat aholisi o‘sib borayotgani yana ko‘plab uylar qurilishi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi kerakligini ta'kidladi.
«Viloyatda 134 ming kishi ishsiz, 283 ming kishi xorijga ishlashga ketgan. 417 ming kishiga, ya'ni mehnatga yaroqli aholining 30 foizi uchun ish o‘rinlari kerak.
Agar viloyatdagi tumanlar sektorlari rahbarlari o‘tgan ikki yil davomida kerakli ishlarni qilib, ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirganida edi, hech bo‘lmasa 250 ming kishi uchun ish o‘rni yaratish mumkin bo‘lardi.
Viloyatdagi avtomobil zavodi (GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi - tahr.) bizga ko‘p yordam bermayapti. Zavod rahbarlarini almashtirdik, korrupsiyani yo‘qotdik.
Zavod qancha yildan beri ishlayotgan bo‘lsa, hali ham uskunani Koreyadan olib keladi.
Bunaqa zavoddan 5ta qurib, raqobatbardosh qilish kerak. Odamlar o‘zi uchun arzonini tanlab olishi kerak. Biz bitta zavodga hamma sharoitlarni yaratib berdik, boshqa davlatlar ishchilarini boqib yurdik.
Bitta mashina zavodi 3 million aholini boqadimi? Hech qachon boqa olmaydi. Shuning uchun, Hyundai zavodlarini ochyapmiz vodiyning boshqa viloyatlarida. Jizzaxda zavod ochyapmiz.
Chunki, mashina raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Bozor iqtisodiyoti shunday. Bu zavodga esa shuncha yil davomida barcha sharoitlarni berib qo‘ydik, mazza qilib yurishdi, aqlini ishlatmay yurishdi. Qanday qilib 20 yildan beri mashina uchun barcha xomashyo va ehtiyot qismlarni Koreyadan olib kelib yurish mumkin? Biz o‘zimiz eplay olmaymizmi?
Bugun vazifa qo‘ydim, zavod 10 ming ishchi o‘rni yaratishi kerak. Yo‘qsa bunaqa zavod kerakmas. Holbuki, viloyatda 417 ming ishchi o‘rni yaratilishi kerak.
Man har kuni 3tadan qaror chiqarishim mumkin, lekin birgina Andijonda yarim million kishi ishsiz bo‘lsa, odamlar bizdan rozi bo‘ladimi? Maqtayversanglar, qarsak chalaversanglar, ura-ura qilaversanglar, bizning ham oyog‘imiz yerdan uzilsa, keyin odamlar kimga ishonadi?», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning mayida Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan videoselektorda ham Asaka avtomobil zavodi faoliyatini tanqid ostiga olgan, bunday sharoitda raqobat muhiti yo‘qligini ta'kidlab o‘tgandi. Keyinroq, eksport-import masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish vaqtida ham bu zavodning «foydasidan ziyoni ko‘p»ligi aytib o‘tilgandi.
Mavzuga oid
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:09 / 08.11.2024