«Joriy yilning 23 may holatiga Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga Davlat budjetidan ajratilgan mablağlar haqida ma'lumot bergan edi. Unga köra, Özbekistonda har bir davolanib çiqqan bemor uçun davlat 32,3 million sömdan xarajat qilgani, kasalligi oğir keçayotgan bemorlarning har biriga 64,4 million sömdan ajratilgani, reabilitatsiya, karantinda bölgan bemorlarga har biri uçun 2,2 million sömdan ajratilgani aytilgan edi.

Ayni paytda ahvol qanday? Har bir bemorga qançadan mablağ sarflanyapti? Ularning tannarxi (qalkulyatsiyasini) aholimizga oçiq aytişimiz kerak. Bugungi kungaça qança şifokor himoya vositasi bilan ta'minlangan, qançasi kasallandi, qayerda şifokorlar yetişmovçiligi kuzatilmoqda? Qança bemor uyida davolanmoqda?

Soğliqni saqlaş vazirligi mana şular haqida ham batafsil ma'lumot berişga ötmas ekan, savollar köpayaveradi. Savollar köpaygan joyda esa gumon va şubha köpayadi, ular esa işonçga putur yetkazadi. Özaro işonç va bir-birini tuşuniş bölmasa maqsadga yetişiş murakkablaşişi oddiy haqiqat», deya Maqsud Qurbonboyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Deputatga köra, tibbiyot xodimlarining maoşlari kamida 2 barobarga oşirilişi, mehnat ta'tili va öz hisobidan ta'tilga çiqqan tibbiyot xodimlarining barçasi işga qaytarilişi, şuningdek, tibbiyot yönalişida ta'lim olayotgan oliy ta'lim muassasalarining 5–6-kurs talabalari koronavirusga çalingan bemorlarni davolaşga jalb etiş kerak.

«Prokuratura organlari eng quyi muassasa bölgan dorixonalarni emas, balki dori-darmonlarni yetkazib beruvçilarni nazoratga olişi lozim. Toşkent şahri va hududlarda mavjud imkoniyatlardan kelib çiqqan holda sanatoriyalar, öyingoh(stadion)lar va şunga öxşagan bino va inşootlarni koronovirus bilan kasallangan bemorlarga yordam beriş uçun foydalanişga tayyorlaş zarur.

Boş prokuratura “Shifoxona info” telegram botini işga tuşiradi. U kasalxonalardagi böş örinlarni aniqlaşga yordam beradi