– Jizzax şahrida COVID-19 tarqalişi avjiga çiqdi. Işxonamizdagi köp şifokorlarda infeksiya aniqlandi. Eng yomoni, şifoxonamizda himoya kiyimlari umuman yöq. Qölqop va niqoblarni ham öz mablağimizga sotib olyapmiz. Boş şifokor bu masalada bizni eşitişni ham xohlamaydi.
Hozirda men uçun ajratilgan mahalla hududida 10ta oila karantinga olingan. Borişga ham qörqaman. Kasallar «bizni tekşirmaysizlarmi, qanaqa şifokorsizlar» deb janjal qilişadi. Boşqa ilojim yöq axir. Himoya kiyimi bölmagaç, ularga yaqinlaşiş xavfli.
Öz mablağimizga 55 ming sömdan 2 marta himoya kiyimlari, niqob va qölqop sotib oldik. Oylik iş haqim 1,2 mln söm. Mayli deb şu vaqtgaça rozi bölib işladik. Endi vaziyat jiddiylaşmoqda.
Bizga ham xavfsizligimiz uçun himoya vositalari berişsin. Mutasaddi taşkilotlarga bir neça bor qönğiroq qildik. Mablağ yöq hozirça, deyişdi.
Poliklinikamizda 6 nafar yoş şifokor bor. Ular şifoxonadagi işlaridan taşqari, yoşi kattaroq bölgan şifokorlarimizning hududlariga ham borişga majbur bölişyapti. Bizning şahar poliklinikalariga şifokorlar ham yetişmaydi. Iloji bölsa, tibbiyot yönalişida öqigan yoş kadrlardan yordam kuçlari jönatilsa, yaxşi bölar edi.
Eslatib ötamiz, Kun.uz avval ham koronavirusga qarşi kuraşga jalb etilgan tibbiyot vakillari zaruriy vositalar bilan ta'minlanmayotgani haqida bir neça marta xabar bergan edi. Ammo uşbu maqolalarga munosabat bildirilganiça yöq.
«Vaziyatni anglaş uçun oddiy bemor sifatida harakat qilib köring» – Şifokorning vazirlikka murojaati













