Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik strategiyasini boshladi
OTBning O‘zbekiston bo‘yicha yangi strategiyasi mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston uchun 2024−2028 yillarga mo‘ljallangan, mamlakatda yashil va inklyuziv iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi hamkorlik strategiyasini boshladi.
Yangi besh yillik strategiya doirasida OTB O‘zbekiston hukumati bilan mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishida yordam berish, xususiy sektor rivojlanishi va raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlash va inson kapitaliga sarmoyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qiladi.
OTBning O‘zbekiston uchun yangi hamkorlik strategiyasi mamlakatning 2030 yilgacha bo‘lgan yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha strategik maqsadlariga erishishda qo‘llab-quvvatlaydi. OTB O‘zbekistonning ko‘p yillik ishonchli hamkori sifatida tashqi global va mintaqaviy zarbalarga qaramay mamlakatga barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va kam ta’minlanganlikni kamaytirishga yordam berishga sodiq qoladi.
Yangi strategiya OTBning energetika, davlat sektorini boshqarish, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va tabiiy resurslarni boshqarish hamda shaharlarni rivojlantirish kabi qator tarmoqlardagi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, bank ta’lim va ijtimoiy himoyani rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
OTB, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri suveren bo‘lmagan moliyalashtirish va davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025
O‘zbekiston OTB bilan kengaytirilgan strategik sheriklik dasturini ishlab chiqmoqda
10:56 / 23.10.2025
OTB O‘zbekistonda STEM ta’limini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratdi
21:16 / 09.09.2025