Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) davlat muassasasi boş direktori Jamşid Ğaniyevning oylik daromadlari böyiça ma’lumot tarqaldi.
Unga köra, Ğaniyev UzTest'dagi faoliyati uçun 2022 yil mart oyidan 2023 yil martiga qadar 12 oy davomida jami 551 mln 660 ming söm maoş olgan. Birgina joriy yilning yanvar oyidagi maoşi 50 976 280 söm, fevral oyidagi maoşi esa 84 908 480 söm çiqqan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi direktori J. I. Ğaniyevning joriy yil yanvar va fevral oylaridagi daromadlari töğrisidagi turli ma’lumotlar böyiça Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi tomonidan maxsus işçi guruh tuzildi.
Ayni paytda mazkur işçi guruh Markaz xodimlarining doimiy oylik maoşlari böyiça töliq örganiş işlarini olib bormoqda. Rasmiy sahifalarimiz orqali örganişlar yakuni böyiça qöşimça ma’lumot taqdim etiladi”, – deya ma’lum qilindi UzTest'ning Telegram-kanalida.


Avvalroq, UzTest boş buxgalteri öziga yanvar oyida 157,6 mln söm, fevral oyida 310,8 mln söm miqdorida oylik yozgani haqida xabar berilgandi.
Kun.uz qöşimça ma’lumot oliş maqsadida UzTest axborot xizmati bilan boğlandi. Ma’lum qilinişiça, hali işçi guruh tomonidan holat yuzasidan qöşimça ma’lumot taqdim qilinmagan.
“Har bir detal tekşirilyapti”
Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulovning ma’lum qilişiça, 2-3 kun içida işçi guruhning örganişlari yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.
“Uşbu masalani örganiş maqsadida ötgan hafta Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi rahbariyati tomonidan işçi guruh tuzildi. Hozirda tölangan oyliklar qayerdan keldi, nima uçun şunça miqdordan yozildi, mana şu va boşqa jihatlar örganilyapti. Hali iş oxiriga yetmadi. Qonuniy jihatdan har bir detal tekşirilyapti. Masalan, sertifikatlaş jarayonida buxgalter iştirok etmasligi kerak. Özbekistonda örtaça iş haqi belgilangan, şundan kelib çiqib davlat taşkilotlarida işlovçi xodimlarga ham maoş tölanadi. Bu yerda juda katta iş bor. Ikki-uç kun içida işçi guruh örganiş işlarini tugatadi”,

















