Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati a'zolari korteji YTHga uchradi, Abdulla Aripov va Alisher Sultonov jarohatlandi
Foto: dea.kg
20 avgust kuni O‘zbekiston hukumati rahbariyati korteji Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu ma'lumotni «Kun.uz»ning bir necha manbalari tasdiqladi.
Aniqlik kiritilishicha, Bekobod tumaniga ketayotgan kortej Dehqonobod MFY yaqinida avariyaga uchragan.
Ushbu YTH oqibatida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va uning o‘rinbosari, «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi Alisher Sultonov jarohat olgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, kortejning bosh qismidagi Alisher Sultonov bo‘lgan avtomobil jiddiy shikastlangan, bosh vazir o‘rinbosari hamda uning yonida bo‘lganlar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ayni vaqtda ular shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov mingan avtomobil esa kortejning orqarog‘ida bo‘lgan va YTH vaqtida jiddiy shikastlanmagan. Aripov va uning yonidagi yana bir kishi ham yengil tan jarohati olgan, ularning salomatligi barqaror holatda.
Bosh prokuraturadan «Kun.uz»ga tasdiqlashlaricha, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, kortejga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
10:20 / 08.01.2026
Toshkentda Onix avtomobili GAZ-63 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi
16:53 / 06.01.2026
Xorazmda daraxtga borib urilgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
14:50 / 06.01.2026