O‘zbekiston | 11:26 / 22.04.2024
14892
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat foni o‘zgarmaydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi 

O‘zbekiston bo‘yicha 22-26 aprel kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga, 23 aprelda kunning ikkinchi yarmida faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

24 aprelda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-26 aprel kunlari respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Ushbu kunlarda harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Harorat asosan kechalari +13...+18 daraja, kunduz kunlari +24...+29 daraja bo‘ladi.

22-26 aprelda tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 24-25 aprelda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. 22 aprelda harorat ko‘tarilishi hisobiga baland tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. 22-23 aprelda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, 22-23 aprel va 25 aprelda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +14...+17 daraja, kunduz kunlari +23...+28 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid