Bir yilda 3 gigavatt yangi quvvat: energetikadagi yirik loyihalar
|19:11 / 02.02.202379 5079 min
Bu yil Özbekistonda salkam 3 gigavatt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari işga tuşadi, bu – 2022 yilga nisbatan ikki barobarga köp. Yangi stansiyalarning aksariyatida energiya tabiatga bezarar muqobil manbalardan olinadi. Prezident Şavkat Mirziyoyev yaşil energetikaga ötişni tezlaştiriş böyiça topşiriqlar berdi.
Sönggi yillarda Özbekistonda iqtisodiyotni rivojlantiriş, aholi turmuş tarzini yaxşilaşga qaratilgan bir qança loyihalar amalga oşirilyapti. Jamiyat va davlat hayotida kuzatilayotgan bu kabi özgarişlar, eng avvalo, elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj ham ösişiga olib kelmoqda. Respublikadagi elektr energiyasining 85-90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida (IES) işlab çiqariladi. Qurilmalar nihoyatda eskirib ketgani va elektr energiyasini işlab çiqariş uçun tabiiy gaz yoqilğisi yetişmasligi oxirgi yillarda tez-tez kuzatilayotgan anomal issiq va sovuq kunlarda taqçillikni yuzaga keltirmoqda.
Energetika – iqtisodiyot, umuman, taraqqiyotning “qon tomiri” hisoblanadi. Iste’molning yilda yilga oşib borayotgani, resurslar qisqarib borişi va qimmatlaşişi, importga boğliqlik kuçayişiga olib kelmoqda. Öz navbatida, atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş masalasi bugungi kundagi eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Şu sababli qayta tiklanadigan energiya manbalariga ötiş kun sayin muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Özbekiston yaşil energetikaga qanday ötmoqda?
Yaşil energetikani rivojlantiriş uçun katta miqdorda moliyaviy sarmoya talab etiladi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Özbekistonda energetika sohasiga investorlarni jalb qiliş potensiali ham, sohaga xorijiy investorlar tomonidan bildirilayotgan qiziqiş ham mavjud.
Energetika vazirligi ma’lumotlariga köra, sönggi yillarda umumiy quvvati 2897 megavattga teng quyoş va şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça xalqaro kompaniyalar bilan 10ta bitim imzolangan. Uşbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarni taşkil etib, ularning barçasi xorijiy kompaniyalar tomonidan töğridan töğri investitsiyalar hisobiga amalga oşiriladi.
2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida birinçi 100 megavatt quvvatli yirik quyoş fotoelektr stansiyasi, 2022 yilning may oyida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ham xuddi şunday ikkinçi stansiya işga tuşirildi.
2023-2024 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1197 megavatt bölgan 5 ta, jumladan Qoraqalpoğiston Respublikasining Qoraözak, Surxondaryo viloyatining Şerobod, Jizzax viloyatining
Mavzuga oid
Ğallaorol
, Samarqand viloyatining
Kattaqörğon
va Navoiy viloyatining
Nurota
tumanlarida ham quyoş va şamol elektr stansiyalari foydalanişga topşirilişi közda tutilgan.
2024-2025 yillarda Buxoro viloyatining Peşku va Ğijduvon tumanlarida hamda Navoiy viloyatining Tomdi tumanida har birining quvvati 500 megavattdan bölgan 3 ta şamol elektr stansiyasi işga tuşiriladi.
Bundan taşqari, 2024 yil oxirigaça Buxoro viloyatida 250 megavatt, Xorazm viloyatida 100 megavatt quvvatlik fotoelektr stansiyalar qurilib, işga tuşiriladi.
Hozirda Namangan viloyatida umumiy quvvati 150 MW bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi; Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida 300 MW quvvatli quyoş elektr stansiyasi va energiya saqlovçi tizimlar; Qoraqalpoğiston Respublikasida 200 MW quvvatli şamol elektr stansiyasini quriş böyiça tender tanlovlari davom etyapti.
Reja böyiça, 2026 yilga borib Özbekistonda umumiy quvvati 8 000 megavattga teng quyoş va şamol elektr stansiyalari, 868 megavatt quvvatga ega gidroelektr stansiyalari işga tuşirilişi kutilmoqda.
“2030 yilgaça 30 foiz elektr energiyasi qayta tiklanadigan manbalardan işlab çiqariladi”
Yevropaning EU Reporter axborot-tahlil portali yozişiça, Özbekiston 2026 yilgaça qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasining 25 foizini işlab çiqariş majburiyatini olgan va 2050 yilga borib karbonat angidrid çiqindilarini nolga tenglaştiriş böyiça öz oldiga maqsad qöygan.
«Hukumat qayta tiklanadigan energiya manbalariga ötiş orqali energetika sektorini özgartiriş tarafdori. Özbekiston qayta tiklanuvçi energiya manbalari quvvatini 2026 yilga borib 8 GVtga, 2030 yilga borib esa 12 GVtga oşiriş niyatida», deya Özbekiston energetika vaziri birinçi örinbosari Azim Ahmadxöjayev sözlaridan iqtibos keltiradi EU Reporter.
Euronews'ning qayd etişiça, Özbekiston 2030 yilgaça 30 foiz elektr energiyasini qayta tiklanadigan manbalardan işlab çiqarişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.
Özbekistonda quyoş yiliga örtaça 330 kun nur taratgani bois bu yerda quyoş energiyasidan foydalaniş imkoniyati juda katta. Mamlakat kelgusi yillarda quyoş energiyasidan maksimal darajada foydalanişga intilmoqda, deb xulosa qiladi Euronews.
Özbekiston gidroenergetik salohiyatning atigi 24 foizidan foydalanmoqda
Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tahlillariga köra, Özbekistondagi daryo oqimlarining nazariy gidroenergetika salohiyati yiliga 88,5 mlrd kVt soatni, texnik gidroenergetika salohiyati esa 27,4 mlrd kVt soatni taşkil etadi. Hozirda uşbu imkoniyatlarning 24 foizidan foydalanilmoqda.
Gidroenergetika sohasida yiliga örtaça 6 mlrd kVt soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Uning aholi jon boşiga uluşi 168 kVt soatni taşkil etadi.
2022 yilda jami elektr energiyasining 9 foizi (6,5/74,3 mlrd kVt soat) va amaldagi quvvatlarning qariyb 12,9 foizi (2 072/16 030 MW) gidroelektr stansiyalari tomonidan işlab çiqarilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, hududlarda innovatsion texnologiyalar (suv tölqinlari, turbulent oqimli gidroturbina, şnekli turbinalar)dan foydalangan holda qöşimça elektr energiyasini işlab çiqariş imkoniyatlari bor. Misol uçun, suğoriş kanallaridagi barça suv oliş nuqtalariga 18,5 ming dona turbulent oqimli gidroturbinalarni örnatiş natijasida 1,1 million uy xöjaligini sof elektr energiyasi bilan ta’minlaş mumkin. Bu jami uy xöjaliklarining 15 foizini taşkil etadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni energiya ta’minotini yaxşilaş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi hamda gidroenergetika tarmoğidagi rejalar taqdimoti bilan tanişdi.
Taqdimot haqidagi rasmiy xabarda aytilişiça, sönggi yillarda gidroenergetika yönalişida 500 million dollarlik 27 ta loyiha amalga oşirilib, qöşimça 260 megavattli quvvatlar yaratildi. “Özbekgidroenergo” tizimidagi stansiyalarning umumiy quvvati 2 ming megavattdan oşdi. Bu yiliga 2 milliard kub metr tabiiy gaz tejalmoqda, degani.
2023 yilda gidroenergetikada 197 megavattli 7 ta loyiha va 10 ta mikro GES işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Keyingi bir neça yilda Farğona vodiysining özida 100 ta mikro GES qurilişi kutilmoqda (Andijonda 41 ta, Namanganda 32 ta va Farğonada 27 ta).
Vodiy viloyatlarida, şuningdek, ijtimoiy soha obektlari va sanoat korxonalariga 160 megavattli quyoş panellari örnatilişi ham közda tutilmoqda. Bu haqda 1 fevral kuni Andijonga taşrifida aytib ötgan prezident Şavkat Mirziyoyev yaşil energetikaga ötişni tezlaştiriş böyiça topşiriqlar berdi.
2023 yil uçun qanday loyihalar mavjud?
Joriy yil yakuniga qadar respublikada umumiy quvvati 2910,6 MW bölgan 7ta elektr stansiya (1ta IES, 1ta şamol, 3ta quyoş va 2ta GES) işga tuşirilişi (yagona elektr tarmoğiga ulanişi) rejalaştirilgan. Xususan:
Sirdaryo viloyatining Şirin şahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MW bölgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MW bölgan şamol elektr stansiyasi;
Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida quvvati 457 MW bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi;
Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida quvvati 220 MW bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi;
Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida quvvati 220 MW bölgan quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşirilişi (yagona elektr tarmoğiga ulanişi) rejalaştirilgan.
Ahamiyatlisi, uşbu elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz töğridan töğri investitsiyalar hisobiga amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, gidroenergetikada:
Samarqand viloyatida umumiy quvvati 13,6 MW bölgan 2 ta gidroelektr stansiya işga tuşiriladi;
Töpalang GES modernizatsiya qilinadi va uning quvvati amaldagi 30 MWdan 175 MWga oşiriladi.
Energetika vazirligi taqdim etgan ma’lumotlar asosidagi diagramma
Energetika vazirligining ma’lumotlariga köra, 2017-2022 yillarda umumiy hisobda 5021 MW yangi quvvatlar işga tuşirilgan. Taqqoslaş uçun, 1991-2016 yillarda bu körsatkiç 3300 MWni taşkil qilgan.
2022 yilning özida umumiy quvvati 1474 MW bölgan 7 ta yangi elektr stansiya işga tuşirilgan.
Muammoli jihatlar nimada?
Birinçidan, sohaga yetarli darajada investitsiya jalb qiliş uçun erkin bozor yaratiş talab etiladi.
Bozorni bir kunda yaratib bölmaydi, bu juda murakkab iş, ammo amalga oşiriş imkonsiz bölgan vazifa ham emas. Köplab mamlakatlar bu yölni bosib ötgan, Özbekiston ularning tajribalarini örganişi kerak.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2022 yil yakuni böyiça parlamentga qilgan an’anaviy murojaatnomasida tabaqalaştirilgan tariflarga va umuman erkin bozorga ötiş bosqiçma-bosqiç bölişini ta’kidladi.
Ikkinçidan, mulk huquqini ta’minlaş. Investorlar mablağlarini xavf-xatarga qöygan holda, barça risklarni inobatga olib, Özbekistonda stansiya quradi va mijozlarni jalb qilgan holda işlab çiqargan elektr energiyasini yetkazib beradi. Bu borada ularga huquqiy kafolatlar bölişi kerak.