Toşkent şahrida 900 dan ortiq qoidabuzarlik sodir qilgan Matiz aniqlandi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toşpölatov xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Matiz haydovçisi 2024 yil aprel oyidan bugungi kunga qadar yöl harakati qoidalarini muntazam buzib kelgan. Unga 912 ta ma’muriy jarima rasmiylaştirilgan. Jarima miqdori jami 311 mln sömdan oşgan.

Haydovçi yöl harakati qoidalarini pisand qilmaslikni odatga aylantirgan. Ammo huquqbuzarliklar uçun belgilangan jarimalarni tölaşga şoşilmagan. Oqibatda qarzdorlik yillar davomida yiğilib borgan va Matiz qidiruvga berilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va majburiy ijro harakatlari natijasida 15 may kuni Matiz topilib, jarima maydoniga joylaştirilgan.

Farrux Toşpölatovga köra, bu sodir etilgan qoidabuzarlik son jihatdan hozirça “rekord” bölib turibdi.