
Özbekiston 2020 yildan paxtaga davlat xaridini bekor qiladi. Vazirning ma'lum qilişiça, davlat rahbari 4 fevral kuni ötkazilgan qişloq xöjaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantiriş masalalari böyiça yiğilişda şunday topşiriq bergan.
Eslatib ötamiz, yanvar oyida mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida Özbekistonda paxta va ğalla uçun davlat buyurtmasini bekor qiliş rejalaştirilayotgani haqida gapirgandi.
4 fevral kuni prezident iştirokidagi yiğilişda klasterlar faoliyatini rivojlantiriş, paxta va ğalla yetiştirişda davlat buyurtmasini bosqiçma-bosqiç bekor qiliş masalalari muhokama qilindi. Yiğilişda prezident sohada davlat aralaşuvini keskin kamaytiriş bilan birga hokimlarning reja ortidan quviş va majburiy mehnatga jalb qiliş amaliyotiga butunlay çek qöyilişi haqida gapirgan.
















