Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
2021 yil oktyabridan 2023 yil oktyabriga qadar AQShda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda Uzreport telekanalida efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu fuqarolarning ko‘pchiligi Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga o‘tgan.
Lavhada taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning oktyabridan 2023 yilning oktyabriga qadar AQShda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolardan birining ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarda asosan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun reydlar boshlangan.
Bundan oldin Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Samarqand va Farg‘onada fuqarolarni AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olingani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026