O‘zbekiston | 20:11 / 18.04.2022
48966
1 daqiqa o‘qiladi

Old o‘rindiqdagi yo‘lovchi kamar taqmasa, jarimani kim to‘lashi ma’lum bo‘ldi

YHXX vakilining so‘zlariga ko‘ra, avtomobil old o‘rindig‘ida harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqmasa, unga nisbatan BHMning ikkidan bir qismi miqdorida jarima qo‘llanadi. Biroq MJTKga bu borada tegishli band hali kiritilmagan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasiga oid yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri avtomobil old o‘rindig‘idagi yo‘lovchi kamar taqmagani uchun jarimani kim to‘lashi haqida savol berdi.

Savolga javoban IIV JXD YHXX podpolkovnigi Aziz Rahmatullayev old o‘rindiqdagi yo‘lovchining kamar taqmagani uchun o‘sha yo‘lovchining o‘zi huquqbuzar hisoblanishini va ma’muriy bayonnoma ham unga nisbatan rasmiylashtirilishi ko‘zda tutilganini bildirdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu huquqbuzarlik uchun jarima miqdori BHMning ikkidan bir qismi – 135 ming so‘m etib belgilanadi.

Bu borada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga hali tegishli band kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, endilikda avtomobil old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham kamar taqishi majburiy hisoblanadi.

Mavzuga oid