«Özavtosanoat» AJ Özbekistonda işlab çiqariluvçi avtomobillarni onlayn sotiş, avtomobillar savdosida şaffoflikni ta'minlaş va oşiriş yölida navbatdagi qadamni taşladi. 2018 yil 7 noyabrdan e'tiboran GM Uzbekistan hamda boşqa korxonalarda işlab çiqariluvçi transport vositalarini onlayn tarzda xarid qiliş imkonini beruvçi internet resursi va mobil ilovasi işga tuşadi, deb xabar qilmoqda KUN.UZ muxbiri.

Şu munosabat bilan taşkil etilgan press-brifingda «Özavtosanoat» AJ boşqaruvi raisining marketing va rivojlaniş masalalari böyiça örinbosari Umidjon Salimov hamda veb-sayt hamda mobil ilovalarni işlab çiqqan mutaxassis Aziz Abdullayev iştirok etdi.
Umidjon Salimovning sözlariga köra, şu yilning avgust oyidan boşlab Özbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantiriş borasida «Özavtosanoat» AJ kompaniyasining yangi rahbariyatiga sohaning barça asosiy jabhalari, işlab çiqariş, mahalliytiriş, butlovçi qismlar, logistika yönalişlarini soğlomlaştiriş böyiça yangi vazifalar belgilab berilgan.


«Şunday yönalişlardan biri, şubhasiz, avtomobillarni sotiş va ularga texnik xizmat körsatiş, xaridorlarga sifatli servis xizmatini körsatişdir. Bunda asosiy vazifa şundan iboratki, GM Uzbekistan avtomobillari savdosida yuqori darajadagi şaffoflikni hamda uşbu avtomobillardan foydalaniş çoğida oliy servis xizmatini körsatişni ta'minlaş bölib turibdi. Çunki, kompaniyaga nisbatan jamoatçilik fikri, uzoq kutilgan avtomobilga buyurtma beriş, xarid qiliş va nihoyat avtomobil kalitini oliş bilan boğliq jarayon asnosida şakllanadi», - dedi Umidjon Salimov.

Brifing doirasida avtomobillar savdosida şaffoflikni oşiriş, avtomobil xaridida sun'iy navbatlarga yöl qöymaslik va turli huquqbuzarliklarning oldini oliş, salohiyatli xaridorga avtomobil xarid qilişi uçun qulay, oşkora va oson imkoniyat taqdim etiş maqsadida taşkil etilgan Uzavtosavdo.uz onlayn savdo platformasining taqdimoti ham bölib ötdi.


















