Davlat Xavfsizlik Xizmati Andijon viloyati Boşqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir natijasida, Andijon şahar hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça boş mutaxassisi Töxtamurod Qodirov firibgarlik qilib, tadbirkordan pul olayotgan paytida qölga olindi. Bu haqda “Özbekiston 24” kanali xabar bermoqda.

Ma'sul şaxs, Andijon şahrida joylaşgan "Jahon bozori" savdo kompleksi hududidagi böş turgan 60 kv.metr yer maydonidan foydalaniş böyiça Andijon şahar hokimining farmoyişi çiqqani, kelgusida mazkur yer maydonini tadbirkorlik bilan şuğullaniş uçun ajratib beriş va kerakli hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga mahalliy tadbirkordan 17500 AQŞ dollari talab qilib, şundan 16000 AQŞ dollarini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tergovoldi jarayoni va suriştiruvlarda Töxtamurod Qodirov bunday işlarga oldin ham qöl urganligi aniqlandi. U ulgurji savdo bilan şuğullaniş uçun litsenziya beriş evaziga boşqa bir tadbirkordan ham 300 AQŞ dollar miqdorida pul olgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168, 211 va 214-moddalariga asosan jinoyat işi qözğatilib, tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.