Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, 2019 yilning 1 oktyabridan e'tiboran Özbekistonda işlab çiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun Respublika yöl jamğarmasiga amalga oşiriladigan 3 foiz miqdoridagi yiğim avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilari tomonidan tölanişi belgilangan.

UzAuto Motors xabariga köra, mazkur özgariş, öz navbatida, xaridorlar uçun qöşimça qulaylik sifatida xizmat qiladi. Endilikda, xaridorlar avval Respublika yöl jamğarmasiga amalga oşiriladigan 3 foiz tölovni avtomobil xarid qilayotgan çoğida avtomobil narxi bilan birga amalga oşirişi lozim böladi.

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi şartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qöşimça kelişuv imzolanadi hamda xaridor tomonidan 3 foiz túlov avtomobilni qabul qilib oliş çoğida dilerlik korxonasiga tölanişi kerak böladi. Şu bilan xaridorlardan Özbekiston Respublikasi Içki işlar organlarida tölanadigan Respublika yöl jamğarmasiga amalga oşiriladigan 3% majburiy yiğim olinmasligi ma'lum qilingan.

UzAuto Motors AJ 1 oktyabrdan e'tiboran QQS tölovçisiga aylanadi va kompaniya tomonidan mazkur holat xaridorlarga ortiqça sarf-xarajat va noqulaylik keltirib çiqarmasligi uçun barça sa'y-harakatlar amalga oşirilgani hamda avtomobil narxlari Respublika yöl jamğarmasiga amalga oşiriladigan mazkur tölovni inobatga olmaganda özgarişsiz qoldirilgani aytiladi.

“Hurmatli xaridorlar! Sizdan avtomobil xaridi çoğida dilerlik korxonalari xodimlari tomonidan narxlar oşişi borasida berilayotgan boşqa ma'lumotlarga işonmaslikni, barça rasmiy ma'lumotlar faqat kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilinişi hamda avtomobillaringiz şartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etilişini ma'lum qilamiz”, - deyiladi UzAuto Motors xabarida.