17 noyabrda Belarusda parlament saylovlari bölib ötmoqda va mamlakat prezidenti Aleksandr Lukaşenko saylov uçastkasida ovoz bergaç, Rossiya bilan birlaşiş istiqbollariga baho berdi.

Lukaşenko Rossiya bilan har yillik savdo defitsiti 9 mlrd dollarni taşkil qilişini va Belarus mahsulotlarining Rossiya bozorlariga qöyilmasligi bu defitsitni kamaytirişga yordam bermasligini aytib ötdi.

«Sen biror birlaşmaga kirayotganingda, bundan har oy va yil tobora yaxşiroq bölişini kutasan. Bizda-çi, nima sodir bölmoqda? Bizga har yil yangi şartlar qöyilmoqda. Natijada biz iqtisodiyotda nimadir yöqotganimiz-yöqotgan», deb aytgan Belarus yetakçisi.

«Bizga bunday ittifoqning nima keragi bor? Men sizlarga oddiy, dehqonçasiga aytmoqdaman!», deb qöşimça qilgan Lukaşenko.

Lukaşenko Belarus Rossiyadan heç narsa söramasligi, biroq xöjalik sub'yektlari uçun teng şaroitlarni talab qilayotganini aytgan. 

Minsk va Moskva kelişuvi

Minskda ta'kidlanişiça, hozirda Moskva ikki davlat örtasida 1999 yilda tuzilgan ittifoq haqidagi kelişuvning bajarilişini talab qilmoqda.

Belarus va Rossiya prezidentlari integratsiya hujjatlarini 8 dekabrda, ittifoq taşkil etilganining 20 yilligida imzolaşni rejalaştirmoqda.

«Agar hujjatlar konstitutsiyaga va jamiyatimizning asosiy tamoyillariga zid bölsa, men tomonimdan imzolanmaydi. Bu borada xavotir qilmang», deb aytgan Belarus prezidenti.

Lukaşenko, şuningdek, 2020 yilda ötadigan navbatdagi prezident saylovlarida iştirok etişini ma'lum qilgan.

«Agar odamlar meni biror saylovlarda qöllab-quvvatlaşmasa, xafa bölmayman. Men yetarliça ança vaqt işladim. Bu saylovlarga mening nomzodimni ilgari suriş haqida siz öylang. Agar barqarorlikni, davlat ravnaqini qadrlasangiz, sizni sotmasliklari va biror burçakka tiqişlarini istamasangiz, unda kelib, «eşit, prezident, san hali baquvvatsan», deb aytinglar», deya ta'kidlab ötgan Lukaşenko.

Belarus prezidentining sözlariga köra, u «agar xalq iltimos qilsa», 2025 yilda 7-muddatga nomzodini ilgari surişni ham rejalaştirayotgani kelib çiqmoqda.