OAV va bloger qanday izohlarni öçirişi kerak böladi? Xuşnud Xudoyberdiyev bilan suhbat
|23:28 / 24.10.201927 3199 min
Bir neça kun muqaddam Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon internet tarmoğida axborot xavfsizligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2018 yil 5 sentyabrdagi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hujjat loyihasi muhokamaga qöyildi. Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan tayyorlangan uşbu loyihaga köra, veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şu jumladan bloger xabarnoma olgan paytdan boşlab 24 soatdan keçiktirmasdan qonunçilikka zid axborotni öçirişi va agentlikni bundan xabardor qilişi nazarda tutilgan.
Kun.uz sayti uşbu masala yuzasidan taniqli bloger, huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyev bilan suhbat ötkazdi.
– Nizom loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi. Bloger va jurnalistlarning qiziqtirayotgan masalalaridan biri – muddatdir. 24 soat qisqa muddat emasmi?
– Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni öçirişga oid mavzu 2-3 oy oldin kötarilgan edi va qizğin muhokamalarga sabab bölgandi. Özgalarning yozgan izohi uçun jurnalist yoki bloger javob berişi qay darajada töğri, bu qançalik mantiqqa töğri keladi, degan savollar bor köpçilikda. Bu yerda eng muhim nuqta – gap qonunga xilof axborotlarni öçiriş haqida ketayotganida. Özi qonunga zid izohlarni öçirişga köplab bloger döstlarimiz ham, tahririyatlar ham qarşi emas. Masalan, kimdir kimnidir böralatib sökkan bölsa, terrorizm, narkotikka da'vat kabi holatlarda mas'uliyati bor istalgan jurnalist yoki bloger izohlarni öçirişga e'tiroz bildirmasa kerak.
Muddat masalasiga kelsak, bloger sifatida bu menga ham taalluqli bölgani uçun Nizom loyihasini jiddiy örganib çiqdim. Nizomda «olingan kundan e'tiboran» degan joyi bor. Bunday tartib qonunçilikda boşqa jarayonlarda ham bor (masalan, sud jarayonlari yoki mehnat qonunçiligidagi ogohlantiriş muddatlarida). Bunda yuboruvçi tomon qaçon jönatgani emas, qabul qilgan tomon qaçon qabul qilib olgani muhim. Misol uçun, agentlik xat jönatgan va u tahririyatga 4 kundan söng yetib bordi. Demak, 24 soatlik muddat xat yetib kelgan vaqtdan boşlab hisoblanadi. Çunki bloger yoki jurnalist avliyo emas-ku, xat yuborilganini özidan-özi bila olmaydi. Şunday ekan, siz xatni qabul qilib olgandan keyingina, 24 soat içida qonunga xilof axborotni öçirişingiz kerak böladi.
Mavzuga oid
24 soat kam emasmi? Oçiği, bu böyiça biror yakdil xulosa aytolmayman. Amaliyotda körmay turib fikr aytiş qiyin. Balki, bu muddat qisqadir, balki bir soat ham kifoya qilar. Çunki, xabarnomada aniq manzili bilan aytiladi – qaysi post, qaysi xabar ostidagi qaysi izoh haqida gap ketayotgani. Menimça, 24 soat normal muddat. Asosiysi, biz olgan kunimizdan hisoblanilsa bölgani.
– Huquqşunos sifatida ayting-çi, bu masalada nizo kelib çiqadigan bölsa, qanday tartibda hal qilinadi. Har qanday hujjatda «agar şikoyatingiz bölsa sud orqali yoki yuqori turuvçi organga şikoyat qilişingiz mumkin» deb yoziladi. Bu holatda qanday?
– Haqiqatdaköpçilikni qiziqtiradigan savol bu. Huquqşunoslar orasida ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham bir fikr bor – qaysi ma'lumot qonuniy yoki noqonuniy ekanligini sud belgilab bersin. Bu fikrga töliq qöşilaman. Haqiqatdan axborotning qonuniy yoki qonunga xilofligi töğrisidagi yakuniy xulosani faqat sud berişi kerak.
Unda uşbu Nizomdagi jarayon nima, degan savol tuğiladi. Bu sudgaça bölgan iş yurituv deyiladi. Bilamizki, butun dunyoda mediatsiya degan tuşunça bor. Ya'ni, barça nizolar ham sudga çiqavermasin, balki sudga borib yuriş şartmasdir, degan mazmunda sudgaça ikki tomon özaro muzokara ötkazadi. Bu jarayonni ham taxminan şunga öxşatsa böladi.
Nizom loyihasini körib çiqar ekanmiz, agar OAV yoki bloger xabarnoma böyiça axborotni öçirişdan boş torsa, keyin agentlik sudga da'vo bilan çiqadi. Demak, agentlik xabarnomasi majburiy xarakterga ega emas. Xalqona tilda aytganda, xabarnomada aytilyaptiki – «siz mana şunday maqola yozibsiz, unda falonçi mana şunday qonunga zid izoh qoldiribdi. Balki Siz öşa izohni körmagan bölsangiz kerak. Şuni bir köring, qonunga xilof deb öylasangiz öçiring».
Bu öz nomi bilan – xabarnoma. Siz agentlik xabarnomasidagi fikrni qabul qilsangiz, izohni öçirasiz. Xabarnomadagi fikrga qöşilmasangiz, unda öçirmaysiz. Keyingi jarayon, bu – sudga çiqiş. Köryapsizmi, demak taklif etilayotgan tartibda ham har qanaqasiga oxirgi qarorni baribir sud aytadi. Menimça, buning notöğri joyi yöq.
Oddiy hayotiy bir misol: Sizni yölda YPH inspektori töxtatdi. Qizil çiroqda ötdi, deb ma'muriy bayonnoma tuzmoqçi. Agar Siz haqiqatdan qizilda ötganingizni tan olsangiz va bunga rozi bölsangiz, unda YPH inspektori tuzgan bayonnoma böyiça jarima tölaysiz. Agar Siz huquqbuzarlik sodir etganingizni tan olmasangiz, YPH inspektori fikriga rozi bölmasangiz, unda mazkur iş sudga çiqariladi. Birinçi holatda «nega meni sud emas, YPH inspektori jarimaga tortdi, bu notöğri» demaysiz-ku?
– Nizomda qonunçilikka zid bölgan axborotni öçiriş vazifasi yuklatiladi. Bunday axborotlar röyxati şakllanganmi?
– Men ham şunga qiziqdim. Lekin Nizom loyihasida ayni bir röyxat sanalmagan. Unda «Özbekiston qonunçiligi böyiça javobgarlikni keltirib çiqarişi mumkin bölgan axborotlar» deyilgan. Bir hisobdan bunday tarzda kiritilişi ham töğri bölgan. Aniq bir röyxat sanalsa va qonunçilikka zid bölgan boşqa axborot yozilgan bölsa-çi? Axir qonunlarimiz ham köp-ku. Hamma qonunlarni bir röyxatga soliş juda murakkab.
Mana şu qismi bizga (jurnalist va blogerlar) köproq mas'uliyat yuklaydi. Lekin şaxsan men hozirça bu yerda katta muammo körmayapman. Tasavvur qiling: sizga xabarnoma keldi – falon maqolangizdagi falon izohni öçiring, deb aytilyapti. Bu töğrimi yoki notöğri, qonunga xilofmi yoki qonuniymi? Eng avvalo hukmni özimiz çiqaramiz. Oldingi javobimdagi fikrimni yana takrorlaşga majburman, öçiriş yoki öçirmaslikni avvalo özimiz hal qilamiz. Öçirişga rozi bölmaslik, keyingi sud jarayonlariga rozi böliş deganidir. Haqiqatda, iç-içingizdan izohning qonuniyligiga işonç hosil qilgan bölsangiz, unda bu masala yakunda sudda körib çiqiladi va keyin aniq böladi. Öçiriş masalasida nizo kelib çiqadigan holat juda kam bölsa kerak. Umid qilamanki, yaqqol qonunbuziliş holatlari bölsagina, agentlik mutaxassislari xabarnoma jönatişsa kerak. Masalan, kimdir boşqa odamning onasini haqorat qilsa, uni öçirişimiz kerak. Balki öşa haqorat qilinayotgan odam rostdan xato qilgandir, lekin bu heç kimga uni haqorat qiliş huquqini bermaydi.
– Uzoq muddat ommaviy axborot vositalarida yopiqlik kuzatilgani sababli köpçilik senzuradan qörqib qolgan. Ayni şu vaqtda bu Nizom kiritilişi qançalik töğri böldi?
– Albatta ijtimoiy tarmoqlarda bunday gaplarni köp öqiyapman. Şaxsiy fikrimça, «senzura» degani bu – qonuniy axborotni yozişga ruxsat bermaslik. Ya'ni, şu axborotni yozişga Sizning haqqingiz bor, ammo qonun doirasida bölgan fikringizni yozişingizga turli yöllar bilan tösqinlik qilişmoqda. Mana şunda senzura böladi.
Hozirgi holatda esa, «qonunçilikka zid axborot» deyilmoqda. Qonunçilikka zid narsani yozişga şundoq ham haqqimiz yöq. Misol uçun, tuhmat yoki haqoratligi aniq narsani yoziş bu – söz erkinligi emas. Ya'ni, mening söz erkinligi huquqim Sizning şaxsiy çegarangizga ötişga, Sizni haqorat qilişga ruxsat bermaydi.
Yana takrorlayman – xabarnoma majburiy emas. Agar xabarnomadagi fikrga qöşilsak, öçiramiz. Özimizda töliq işonç bölsa, öçirmaymiz va keyingi jarayon bu – sud.
Eslatma:
Qonunga xilof axborotlar röyxati:
1) Özbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zörlik bilan özgartirişga da'vat etiş;
2) uruş, zöravonlik va terrorizmni tarğib qiliş;
3) diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm ğoyalarini tarğib qiliş;
4) davlat siri bölgan ma'lumotlarni yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni oşkor etiş;
5) milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatuvçi axborotni tarqatiş;
6) fuqarolarning şa'ni va qadr-qimmatiga yoki işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi axborotni tarqatiş;
7) fuqarolarning şaxsiy hayotiga aralaşişga yöl qöyuvçi axborotni tarqatiş;
8) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tarğib qiliş;
9) pornografiyani tarğib qiliş;
10) qonunga muvofiq jinoiy va boşqa javobgarlikka sabab böladigan boşqa harakatlarni sodir etiş maqsadlarida foydalanilişiga yöl qöymasligi şart.