Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu yil kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar rasman tasdiqlandi
Bu yil kirish imtihonlarida maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi. Uchta majburiy fan blokidan imtihon olinishi aniq bo‘ldi: ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan jami 45ta savol bo‘lib, ularning har biriga 2,1 balldan beriladi, bakalavriat yo‘nalishiga mos fanlarga 3,1 balldan beriladi.
Davlat qabul komissiyasi tomonidan «Respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarining mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari» tasdiqlandi, deya xabar qildi Davlat test markazi.
Unga ko‘ra, maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi. 3ta majburiy fan blokidan imtihon olinadi: ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan jami 45ta savol bo‘lib, ularning har biriga 2,1 balldan beriladi.
Ta'lim yo‘nalishiga mos fanlarga 3,1 balldan beriladi. Bu blokda 2tadan fan va 30tadan savol bor. Masalan, yurisprudensiya yo‘nalishidan imtihon tarix va chet tili hamda 3ta majburiy fandan bo‘ladi.
Shuningdek, qabul komissiyasi test bilan birgalikda ijodiy imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni ham tasdiqladi.
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
19:58 / 30.12.2025
Oliy ta’limda kontrakt to‘lash muddati 31 yanvarga qadar uzaytirildi
09:44 / 26.11.2025
Abituriyentlar uchun xorijiy va nodavlat OTMdagi davlat grantlariga qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi
22:40 / 27.09.2025