Özbekiston va Rossiya gaz oldi-berdisi böyiça hali bir töxtamga kelmagan. Şu sababli avval közda tutilganidek Rossiyadan Özbekistonga gaz yetkaziş 1 martdan boşlanmadi.

Kun.uz'ning bu haqdagi söroviga javoban Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, har ikkala tomon işçi guruhlari imzolangan yöl xaritasi doirasida örganiş işlarini davom ettiryapti. Hozirgi kunda aniq kelişuvga erişilmagan.

“Şu sababli 1 martdan Rossiyadan Özbekistonga tabiiy gaz import qiliş boşlanmaydi. Bugungi kunda bu borada qöşimça örganiş işlari davom ettirilmoqda”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi örtasida 24 yanvar kuni gaz sohasidagi hamkorlikka oid yöl xaritasi imzolagan edi. Unga köra, ikki tomon fevral oyi oxirigaça gaz yetkazib berişning texnik va moliyaviy tomonlarini muhokama qilişiça, agar kelişuvga erişilsa, tegişli şartnoma tuzilişi va 1 martdan e’tiboran “Örta Osiyo – Markaz” quvuri orqali reversiv tartibda gaz uzatiş boşlanişi kerak edi.

Avvalroq bu muzokaralarda Rossiya gaz evaziga Özbekistonning gaz-transport tizimini “Gazprom”ga berişni söragani, şunday talab Qozoğiston oldiga ham qöyilgani ma’lum bölgandi. Şuningdek, Moskva Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz eksportini ham nazorat qilmoqçi bölayotgani aytilmoqda.

Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov mamlakat öz energiya tarmoqlarini “birovga berib yubormasligi”ni aytgan.

“Milliy manfaatlardan kelib çiqqan holda, özimizning tarmoqlarni birovga berib yuboriş yoki boşqa orqali emas, oldi-sotdi tijoriy şartnomalar asosida hamkorlik qiliş böyiça muzokaralar olib borilyapti”, – degan vazir.

“Biz milliy manfaatlarimizni heç qaçon xavf ostiga qöymaymiz. Agarda siz aytayotgan çoraga yöl qöyadigan bölsak ham, faqatgina tijoriy oldi-sotdi şartnomalari orqali amalga oşiramiz. Buning evaziga biror siyosiy şart qöyilişiga yöl qöymaymiz.

Agar gazni çegaramizgaça olib kelib, bizga ma’qul narxda bersa, olamiz, bölmasa yöq”, – deya ta’kidlagan Mirzamahmudov.

Rossiyaning Markaziy Osiyoga gaz sotişga qiziqib qolişi Ukraina uruşi fonida Yevropa rus energoresurslaridan yuz ögirayotgan bir paytda röy bermoqda. Moskva buning uçun Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya iştirokidagi uç tomonlama gaz ittifoqini tuzişni