
Uning Tramp ma'muriyatiga tanqidi katta siyosiy ahamiyatga ega hisoblanadi / EPA
U yaqindagina Turkiya va Suriyadagi vaziyatni AQŞ uçun «strategik ajoyiblik» deb atagan Trampning sözlariga şu tariqa ohangdoşlik bilan munosabat bildirgan.
«Çegaradagi muammo ularniki. Bu bizning çegara emas va biz buning uçun amerikaliklar hayoti bilan tölov qilmasligimiz kerak», degandi Tramp çorşanba kuni Oq uydagi matbuot anjumanida.
9 oktabr kuni amerikalik harbiylar Suriya şimolidagi hududdan ketişi munosabati bilan Turkiya armiyasi «xavfsiz hudud» barpo etiş maqsadida Suriya hududiga kirgandi. Anqaraning maqsadi - Turkiyaga duşman deb hisoblanuvçi suriyalik kurdlarni öz çegaralaridan uzoqroqqa surib taşlaş va bu hududga Turkiyada yaşab kelayotgan millionlab suriyalik qoçqinlarni joylaştiriş.
Ötgan haftada AQŞ vositaçiligida Turkiya 5 kunga öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga rozi böldi, ammo tomonlar bir-birini kelişuvga amal qilmaslikda ayblaşdi. Mustaqil manbalarning xabarlariga köra, kelişuv haqidagi xabarlardan keyin ham hududda harbiy töqnaşuvlar davom etmoqda.
Xalqaro gumanitar taşkilotlarning prognozlariga köra, Turkiya «Tinçlik buloği» nomli amaliyotini boşlaganidan buyon yuzdan ortiq kişi halok böldi, 300 mingga yaqin kişi öz boşpanalarini taşlab, Suriyaning markaziy hududlariga köçişga majbur böldi.
Kurdlar etnik tozalaş qurboniga aylanişi mumkinligi haqidagi xavotirlar ham bor. Bundan taşqari, ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga köra, Turkiya Suriyada kimyoviy qurol işlatgan, bu esa harbiy jinoyat hisoblanadi.
Makkonell nimalar dedi?

Mitç Makkonellning fikriça, Trampning AQŞ harbiylarini Suriya şimolidan olib çiqiş qarori strategik xato bölgan.
«Turkiya-kurd qarama-qarşiligi kuçaygan vaqtda amerikalik harbiylar Suriya hududidan olib çiqilişi — strategik nuqtayi nazardan tungi dahşatning özginasi», — deya yozgan senator Washington Post naşridagi kolonkasida.


















