Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin davrida bloklanib qolgan bank kartalari onlayn murojaat orqali blokdan chiqariladi – MB
Karantin davrida bank plastik kartalarni blokdan chiqarish uchun murojaatlarni masofadan — onlayn qabul qilish imkoniyati mavjud. Bunda tijorat banklari axborot kommunikatsiya tizimi orqali kelgan murojaatni o‘rganib chiqib, fuqaro bilan bog‘lanadi va kartani blokdan chiqarib berishadi.
4 aprel kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov karantin davrida blokka tushib qolgan bank kartalarini qanday qilib blokdan chiqarish mumkinligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«Bugungi kunda tijorat banklarida plastik kartalarni blokdan chiqarish uchun murojaatlarni masofadan — onlayn qabul qilish imkoniyati mavjud. Bunda tijorat banklari axborot kommunikatsiya tizimi orqali kelgan murojaatni o‘rganib chiqib, fuqaro bilan bog‘lanadi.
Shundan so‘ng bank xodimi mijoz manfaatlarini himoya qilgan holda masofadan turib zaruriy rekvizitlarni aniqlashtiradi va bank kartasi blokdan chiqariladi» , — deya qayd etdi Husanxo‘ja Obidov.
Bundan tashqari, Husanxo‘ja Obidov har bir karta egasining shaxsiy identifikatsiya raqami — sheet code mavjudiligini va savdo nuqtalarida xarid amalga oshirganda fuqarolardan mana shu sheet code'ni shaxsan o‘zlari kiritishi lozimligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
12:32 / 02.10.2025
Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi
18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
13:35 / 21.01.2025