Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi rahbari M.Q. Azizovning viloyat hokimligi Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Davronbek Jumaniyozovga yöllagan rasmiy xati tarqaldi. Unda aytilişiça, oxirgi paytda bolalar örtasida nafas yöllari virusi kasalliklari köpaygan. Şunday vaziyatda bemorlarga şifokorlar yoki onalarning özi Dok-1MAKS preparatini berişyapti.

Xatda bu preparatning tarkibi haqida ham ma’lumot berilgan. Unga köra, Dok-1MAKS preparatida 500 mg paratsetamol, 200 mg gvayfenizin BF va 10mg fenilefrina gidroxlorid BFdan bor.

«Dok-1MAKS preparati qöllanganda juda köp holatlarda nojöya ta’siri oqibatida bizga murojaat qilmoqda. Asosan bolalarda buyrak zararlanişi va yetişmovçiligi belgilari bilan namoyon bölmoqda», – deb yozgan markaz boş vraçi M.Q. Azizov.

Ma’lum qilinişiça, markazga oxirgi 2 oyda 21 nafar bemor şu dorini qabul qilgandan söng nojöya ta’siri bilan murojaat qilgan. Bemor bolalarda asosan anuriya kuzatilgan.

«Bulardan 17 nafarida kasallik nihoyatda oğir keçdi, hatto bir neçta gemodializ seanslari ötkazişga ham töğri keldi. 15 nafarida ölim holati kuzatildi», – deyilgan tarqalgan xatda.

SSV matbuot xizmati «Dok-1 Maks» tabletka va sirop dori vositalari bilan boğliq vaziyat örganilayotgani haqida xabar qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahridagi dorixonalardan xarid qilingan «Dok-1 Maks» tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan söng bemorlarda turli nojöya ta’sirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi uşbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Bemorlar ahvolini örganiş va holat sabablarini aniqlaş maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.

Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.

Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegişli «Dok-1 Maks» tabletka va limon va asal ta’mli sirop dori vositalari örnatilgan tartibda ekspertizadan ötkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangaç, uning natijalari haqida e’lon qilinadi», deyiladi vazirlik axborotida.