Kuni keça Çilonzor tumani Kötarma mahallasida köp qavatli turar joy qurilişi köplab noroziliklarga sabab bölgandi. Bu böyiça Kun.uz ham vaziyatni örganib, material e’lon qilgandi. Öşanda tadbirkor mazkur hududni örab olayotgan vaqtida mahallada işlovçi Çilonzor tumani IIO FMB 1-son bölimi profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev ham bölib, 1-, 3-, 9- va 39- uylar oraliğidagi yaşillikni örab oliş jarayonini töxtatib qolgandi.
Çilonzor tumani hokimiyati matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, mahalla noziri vaziyatga töğri baho bergan va öz vaqtida jarayonni töxtatib qolgan. Şu sababli 9 noyabrda Azimjon Qudabayev tuman hokimi Saidqahhor Xolxöjayev va sektor rahbarlari tomonidan taqdirlandi.
“9 noyabr Çilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxöjayev va sektor rahbarlari tomonidan uşbu xodimning öz kasbiga sadoqatli mehnati uçun minnatdorçilik bildirildi va munosib taqdirlandi.
Şu örinda, tumanimizda jamoat xavfsizligi, aholi osoyiştaligini ta’minlaş, tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaşga munosib hissasini qöşayotgan, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qiliş yölidagi ibratli faoliyati, şarafli burçini bajarişda mardlik va jasorat namunasini körsatayotgan barça xodimlarga öz minnatdorçiligimizni bildirib qolamiz”,– deyiladi Çilonzor tumani hokimiyati matbuot xizmatining xabarida.
Eslatib ötamiz, 15 sotixli bu yer Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning qarori bilan ajratilgan edi. Köpçilikning noroziligidan söng, «dom»lar orasida örab olingan hudud böyiça yakuniy qarorga kelinib, quriliş töxtatiladigan böldi.

















