Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti kelgusi hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi
26-27 mart kunlari Toshkentda Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlangan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy o‘zaro aloqalar» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 20dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etadi.
Xususan, Toshkentga Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, BMTning Afg‘onistonga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha missiyasi rahbari Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy komissari Federika Mogerini keladi, deya xabar berishgan davlat rahbari matbuot xizmatidan.
AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif, Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Asifning ishtiroki tasdiqlandi.
Shuningdek, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Hindiston, Yaponiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyalarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025