Boyovutdagi bog‘chada ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi

18-19 iyun kunlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 21-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining 23 nafar tarbiyalanuvchisi, 1 nafar tarbiyachisi hamda 1 nafar hamshirasi tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, qorin sohasida og‘riq kabi kasallik belgilari bilan Boyovut tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga «o‘tkir ichak kasalligi, ovqat toksikoinfeksiyasi» tashxisiga gumon qilinib yotqizilgan.
«Dastlabki epidemiologik surishturuvlar jarayonida mazkur muassasa ichimlik suvi bilan ta'minlanmagani, 17 iyun kuni toza ichimlik suvi tashib keltirilmagani natijasida bog‘chaning sanitariya-gigiyena qoidalari holati qoniqarsizligi, shuningdek, bolalar qaynatilmagan suv ichgani hamda bog‘cha hududidagi mavjud o‘rikzordan o‘rik mevasini yaxshi yuvmasdan yegani oqibatida kasallik kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. O‘rganish va laboratoriya tekshirish ishlari davom etmoqda.
Bemorlarning ahvoli o‘rta va yengil og‘irlikda, shifoxonada dori- darmonlar yetarli miqdorda, ularga kerakli barcha tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Virusologiya ilmiy tekshirish insitituti hamda Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining bir guruh tajribali mutaxassislari mazkur holatni joyiga chiqib o‘rganish, amalga oshirilayotgan davolash, profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, mahalliy shifokorlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun safarbar etildi.
Vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

12:08 / 24.03.2025
Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

17:21 / 07.11.2024