Tramp «asr kelishuvi» tafsilotlarini oshkor qildi va Mahmud Abbosga maktub yo‘lladi

Foto: REUTERS/Brendan McDermid
Isroil AQSh taklif qilayotgan «asr kelishuvi»ni Falastin bilan kelgusi muzokaralarga asos qilib olishga tayyor. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Trampning ta'kidlashicha, AQShning “asr kelishuvi” deb nomlanuvchi Isroil-Falastin mojarosini hal qilishga qaratilgan rejasi Isroil va Falastin davlatlari mavjud bo‘lishi, Falastin hududlarining deyarli ikki marta ortishini ko‘zda tutadi. «Bu rejaga ko‘ra, Falastin hududi deyarli ikki marta ortadi, Sharqiy Al-Qudsda Falastin poytaxti tashkil etiladi va unda AQSh faxr bilan o‘z elchixonasini ochadi», deb aytgan AQSh prezidenti.
«Bugungi kelishuv falastinliklarga nihoyat o‘z mustaqil davlatlarini tashkil etish uchun tarixiy imkoniyatdir. Bu masalada deyarli ilgarilash bo‘lmagan oxirgi 70 yildan keyin bu ular uchun oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin», deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.
Uning aytishicha, AQSh Falastin davlati hududi yaxlit bo‘lishi ustida ishlaydi. Shuningdek, Falastin hukumati XAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi va terrorchi-xudkushlar oilalari uchun kompensatsiya so‘rashdan voz kechishi lozim.
Rejada Falastin Isroilning Xayfa va Ashdod portlari infratuzilmasidan foydalanish imkonini qo‘lga kiritishi belgilangan. Shuningdek, Falastinga O‘lik dengizning shimoliy sohilida kurort ochishga ruxsat beriladi. Rejada Falastinning Iordan vodiysida “qishloq xo‘jaligi loyihalarini davom ettirishi” ko‘zda tutilgan, vodiyning o‘zi esa Isroil nazoratida bo‘ladi.
Bundan tashqari, rejada ta'kidlanishicha, falastinlik qochqinlar Isroilda joylasha olmaydilar, ular yo Falastin hududida yashashlari, yo uchinchi davlatga ketishlari kerak bo‘ladi.
Rejada Falastin hududlarining iqtisodiy rivojlanishiga ham alohida e'tibor qaratilgan. Uning iqtisodiy tomoni Falastinga 50 mlrd dollar berilishini ko‘zda tutadi. Bu esa reja mualliflari fikricha, millionlab ish o‘rinlari yaratishga va Falastin yalpi ichki mahsulotini 2 martadan ko‘proqqa oshirishga imkon beradi.
Isroil Falastin hududlarida turarjoylar qurishni 4 yilga to‘xtatishi kerak bo‘ladi.
Bular evaziga falastinliklar Isroilga qarshi terrordan voz kechishlari kerak bo‘ladi, zero AQSh kurashning bunday usullariga qaytilishiga yo‘l qo‘ymaydi. «Biz qon to‘kishlarga, avtobuslarda portlashlarga, tungi klublarga hujumlar va terrorga qaytilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Tinchlik murosani talab qiladi, biroq biz Isroildan o‘z xavfsizligi masalasida murosaga borishini hech qachon so‘ramaymiz», deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Uning ta'kidlashicha, u Falastin prezidenti Mahmud Abbosga xat yo‘llab, unda «asr kelishuvi»ni bayon etgan.
«Men bugun Abbosga xat yo‘lladim. Unga yangi davlati uchun ajratiladigan yerlar 4 yillik muddatga ochiq bo‘lishi va ularga tegilmasligini tushuntirdim. Yana bir muhim jihat, falastinliklarga davlatlarini tashkil etish bilan bog‘liq muammolarni ko‘tarish va hal qilish uchun zarur vaqt beriladi», deb ma'lum qilgan AQSh yetakchisi matbuot anjumanida.
Trampning aytishicha, «falastinliklar bu vaqt ichida taklif qilingan kelishuvni o‘rganishlari, Isroil bilan muzokaralar o‘tkazishlari, davlatchilik mezonlarini ta'minlab, haqiqatan mustaqil bo‘la olishlari mumkin bo‘ladi».
«Prezident Abbos, shuni bilishingni istardimki, agar sen tinchlik yo‘lini tanlasang, Amerika va boshqa davlatlar senga turli sohalarda yordam berish uchun u yerda sen bilan birga bo‘ladi, biz sening har bir qadamingga yordam beramiz», deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va KXDR o‘rtasida avtomobil ko‘prigini qurish boshlandi
Jahon | 20:06
-
Rossiya armiyasiga yollangan mingdan ortiq o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi
Jahon | 19:55
-
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?
Iqtisodiyot | 19:48
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

14:41
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti

15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

10:54 / 29.04.2025
BMT sudi Isroilning G‘azodagi embargosi bo‘yicha eshituvlarni boshladi

13:05 / 28.04.2025