Kun.uz tahririyatiga Toşkent viloyati, Ohangaron şahar hokimi O.Jörayev nomiga yozilgan bildirgi kelib tuşdi. Bildirgida şahar hokimligi tomonidan taşkilotlarga 15 dekabrdan 15 yanvargaça navbatçilik taşkil qiliş topşiriği berilgani va şu topşiriqning 22 dekabrdagi ijrosi şahar hokimligi mas'ullari tomonidan taşkilotlarda tekşirilgani bayon qilingan. Qator taşkilotlarda, masalan, musiqa maktabi, boğça, kollej, ğaznaçilik bölinmasi, pensiya jamğarmasi va h.k.larda, navbatçilik taşkil qilişdagi muammolar aniqlangani bayon qilingan.

Uşbu bildirgi bizni hozirgi maqolani yozişga undadi.

Bayramlar arafasida köplab korxona va taşkilotlarda kunduzgi yoki tungi navbatçiliklar taşkil qiliş yölga qöyilgan. Bundan közlangan maqsad jamoat xavfsizligini saqlaş, yuzaga kelişi mumkin bölgan turli köngilsizliklarning oldini oliş, öz vaqtida bartaraf etiş, şuningdek, bu haqda vakolatli idoralarga tezkorlik bilan xabar beriş, deya baholanadi.

Şu örinda köpçilikda aynan bayramlar arafasidagi navbatçilik böyiça savollar tuğiladi. Şunday savollarga qonun doirasida atrofliça javob berişga harakat qilamiz.

Navbatçilikning qanday turlari bor?

Navbatçilikda turadigan xodimlar asosan 3 toifaga bölinadi:

1-toifa: ştat jadvalida bevosita u egallab turgan lavozimi «navbatçilik» bilan boğliq bölgan xodimlar. Masalan, aeroportdagi navbatçilar, mehmonxona navbatçisi, navbatçi dispetçerlar va h.k. Bunday hollarda ularning navbatçiligi asosiy iş vaqti sifatida baholanadi va haq tölaş ham umumiy tartibda amalga oşiriladi.

2-toifa: mehnat şartnomasida işlab çiqariş zaruriyati hamda u egallab turgan lavozimning xususiyati tufayli asosiy iş vaqtidan taşqari navbatçilikda turiş belgilab qöyilgan xodimlar. Masalan, bu toifaga şifokorlar yaqqol misol böla oladi.

3-toifa: bu aynan biz körib çiqayotgan navbatçilik, ya'ni bayram kunlarida jadval asosida «operativ» taşkil etiladigan bir martalik navbatçilikdir. Uşbu toifadagi navbatçilikning yuqoridagi ikkitasidan asosiy farqi şundaki, bunday «operativ navbatçilik»ka jalb qilingan xodimlar özlarining asosiy funksional vazifalarini bajarişmaydi. Ya'ni, bunday navbatçilik vaqtida öqituvçi dars bermaydi, şifokor davolamaydi, buxgalterlar hisob-kitob qilmaydi, huquqşunoslar hujjatlarning qonuniyligini tekşirmaydi va h.k. Ular şunçaki idorada ma'lum bir soatni ötkazişadi. Yoki kino körişadi, yoki televizor körişadi, yoki kitob öqişadi va h.k. Xullas, belgilangan vaqtda belgilangan joyda turib berişsa böldi.