Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 1,5 mlrd kub metr hajmdagi yerosti gaz saqlash ombori quriladi
Energetika vazirligi Xitoyning China National Petroleum Corporation kompaniyasi bilan Kosonda gazni yerostida saqlash ombori qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Inshoot «Qorabayir» koni negizida barpo etiladi, uning hajmi 1,5 mlrd kub metr bo‘ladi.
Foto: Enter Engineering
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida gazni yer ostida saqlash inshooti quriladi. Bu haqda Gazeta.uz Energetika vazirligidagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Energetika vazirligi va Xitoyning China National Petroleum Corporation o‘rtasida gazni yer ostida saqlash inshootini barpo etishda dastlabki tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Inshoot «Qorabayir» koni negizida quriladi. Dastlabki ilmiy-tadqiqot o‘rganishlari natijasida «Qorabayir» konining XII gorizonti GeSIni barpo etish uchun maqbul obekt sifatida taklif qilingan.
Ushbu «Qorabayir» konida rejalashtirilayotgan GeSIda — 1 mlrd 500 mln kub metr hajmdagi aktiv tabiiy gazni saqlash imkoniyati yaratiladi.
2024 yil oktabr oyida energetika vaziri mamlakatda ikkita yerosti gaz saqlash omboridan — «Gazli» va «Xo‘jaobod»dan foydalanilayotganini aytgandi.
Bundan tashqari, Mirzamahmudov «So‘x» gaz ombori bo‘yicha esa ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, o‘rganish ishlari olib borilayotganini qayd etgandi. Uning aytishicha, mazkur gazni saqlash ombori Qirg‘iziston hududida joylashgan bo‘lib, kompressorlar va boshqa texnologik uskunalar esa O‘zbekiston hududida hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:23 / 13.03.2026
Jahonda geotermal energetika: qaysi davlatlar yetakchi?
16:50 / 12.03.2026
O‘zbekistonda quyosh va shamol energiyasi ishlab chiqarish bir yilda ikki barobarga oshdi
15:24 / 12.03.2026
«O‘zbekneftgaz» Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduqni burg‘ilash bo‘yicha shartnoma imzoladi
07:58 / 12.03.2026