9/11. Dunyoga xaos uruğini sepgan Nyu-York teraktiga 19 yil böldi
|02:48 / 12.09.202035 04414 min
Dunyoning biznes markazi – Nyu York... Oddiy kunlardan biri. Köp qavatli binoda odatdagiday iş qizğin. Şu payt bino juda qattiq silkinib ketadi. Odamlar nima bölganini tuşunişga ulgurmay, tepa qavatlardan beton bölaklari pastga uçib tuşa boşlaydi. Köp ötmay yonğin kelib çiqadi va 100 qavatli bino batamom qulab tuşadi. Uning yonidagi ikkinçi 100 qavatli bino ham şu tariqa qulaydi. Bu voqealarga 19 yil böldi.
2001 yil 11 sentabr kuni AQŞda fuqaro aviatsiyasiga tegişli törtta samolyot olib qoçiladi. Birozdan keyin öşa samolyotlar bilan turli binolarga hujumlar amalga oşiriladi. Oqibatda AQŞning eng yirik şahri Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi joylaşgan köp qavatli egizak binolar kunpayakun böladi.
Köp ötmay AQŞ Mudofaa vazirligining boş idorasi – Pentagonda ham terakt uyuştiriladi. Köplab odamlar halok böladi, tan jarohati oladi. Bugun öşa egizak binolar örnida yodgorlik majmuasi barpo qilingan.
Albatta, qulab tuşgan binolar örni vayrona holida qolib ketmaydi. Oradan 1 yil ötib, Jahon savdo markazi binolari örnida yangi binolar qurilişi boşlanadi. Yangi Jahon savdo markazi deb atalayotgan joyda jami turli balandlikdagi 7ta bino quriladi. Ularning eng balandi 2014 yilda qurib bitkazilgan 541 metrli bino hisoblanadi.
Hodisa tafsiloti
11 sentabr kuni ertalab bir guruh terrorçilar (keyinçalik AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi va Federal qidiruv byurosi ularni Usama bin Lodin boşçiligidagi «Al-Qoida» jangari guruhiga mansub deb e’lon qilgan) AQŞning American Airlines va United Airlines avikompaniyalariga tegişli törtta samolyotni garovga oladi.
Bular 11-reys bilan Bostondan Los-Anjyelesga qarab uçayotgan American Airlines avikompaniyasiga tegişli Boeing 767 samolyoti;
175-reys bilan Logandan Los-Anjyelesga qarab uçayotgan, United Airlines avikompaniyasiga tegişli Boeing 767 samolyoti;
77-reys bilan Vaşingtondan Los-Anjyelesga qarab uçayotgan American Airlines avikompaniyasiga tegişli Boeing 757 samolyoti;
93-reys bilan Nyu-Yorkdan San-Fransiskoga qarab uçayotgan United Airlines avikompaniyasiga tegişli Boeing 767 samolyoti.
Avvaliga 11-reys bilan Bostondan Los-Anjyelesga qarab uçayotgan Boeing 767 samolyoti terrorçilar tomonidan egallangaç, Nyu-Yorkdagi egiz binolarning şimol tarafdagisiga borib uriladi. Oqibatda binoga jiddiy şikast yetadi. Öşanda soat millari mahalliy vaqt bilan 08:46ni körsatayotgan edi. Samolyot binoning 94-98 qavatlari oraliğiga uriladi.
Oradan 15 daqiqa ötib, 175-reys bilan Logandan Los-Anjyelesga qarab uçayotgan ikkinçi Boeing 767 samolyoti egiz binolarning janub tomondagisiga borib uriladi. Soat 09:02da sodir bölgan bu hodisada samolyot binoning 78-85 qavatlari oraliğiga uriladi.
Mavzuga oid
Soat 9:37da 77-reys bilan Vaşingtondan Los-Anjyelesga qarab uçayotgan Boeing 757 samolyoti Vaşington yaqinidagi Pentagon binosiga borib uriladi.
93-reys bilan Nyu-Yorkdan San-Fransiskoga qarab uçayotgan törtinçi Boeing 767 samolyoti soat 10:03da Pensilvaniya ştatida dalaga qulab tuşadi.
Yetkazilgan zarar va yöqotişlar
Bu hujumlar oqibatida Jahon savdo markazi joylaşgan ikkita egizak bino qulab tuşadi va batamom vayron böladi. Pentagon binosining bir qismiga zarar yetadi. Egiz binolarning qulab tuşişi atrofdagi bir qança binolarga ham jiddiy zarar yetkazadi.
Uşbu terrorçilik hodisasi oqibatida jami 2977 kişi halok böladi:
Samolyot yölovçilari va ekipaj a’zolari bölgan 246 kişi;
Nyu-Yorkdagi egizak binolar va ularning atrofida bölgan 2 606 kişi;
Pentagon binosida bölgan 125 kişi.
Bundan taşqari, 6 300 kişi turli tan jarohatlari oladi.
Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi joylaşgan egizak binolarda dunyoning köplab kompaniyalariga tegişli ofislar joylaşgan edi. Şu sababli, bu yerda halok bölganlarning aksariyati dunyoning turli mamlakatlaridan kelib işlayotganlar edi. Öşanda halok bölganlar orasida 91 mamlakat fuqarolari bölgan. Ular orasida 1 nafar Özbekiston fuqarosi ham bor edi.
Nyu-Yorkdagi egizak binolarda bölganlarning 1 366 nafari samolyot binoga borib urilganda, qolganlar esa kelib çiqqan yonğin tufayli va binolar qulab tuşganda halok bölgan.
Bundan taşqari, uşbu halokatda:
341 nafar yonğinga qarşi kuraş bölimi xodimi;
60 nafar politsiya xodimi;
8 nafar tibbiyot xodimi halok bölgan.
Nyu-Yorkda halok bölganlardan 1 600 nafarining şaxsini aniqlaşning imkoni bölgan. 1 100 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblangan. Keyinçalik vayronalar ostidan ön mingdan ortiq turli inson suyaklari topilgan.
Foto: Reuters
Köpçilik insonlarning halok bölişidan taşqari bu hodisa AQŞga juda katta moddiy va moliyaviy zarar yetkazdi. Birinçi navbatda Nyu-Yorkdagi egizak binolarni suğurta qilgan kompaniya bankrot böldi.
Har yili şu kuni voqea joyiga marhumlarning yaqinlari taşrif buyurişadi. Foto: Reuters
AQŞdagi NASDAQ fond birjasi 11 sentabrdan 17 sentabrgaça işlamadi. Uşbu fond birjasining bunçalik uzoq tanaffus qilişi hodisadan 70 yil avval - 1928-1932-yillarda AQŞda yuz bergan iqtisodiy va moliyaviy inqiroz paytida sodir bölgan. Fond bozorlari odatdagiday işlay boşlaganda esa qimmatli bozorlar narxi keskin tuşib ketadi va oqibatda AQŞ kompaniyalari 1,2 trillion dollar mablağ yöqotadi.
Egizak binolar bölgan hududda Tribute in Light installyatsiyasi örnatilgan. Har yili 11 sentabr kuni projyektorlar yoqiladi. Foto: Reuters
Nyu-Yorkdagi egiz binolarning qulaşi atrof-muhitga juda katta zarar yetkazadi. Binolar qulagandan söng atrofga minglab tonna beton uyumlari, oyna siniqlari, metall parçalari, sellyuloza, asbest, qörğoşin, simob kabi çiqindilar uyuladi. Ulardan havoga zaharli gazlar tarqay boşlaydi. Oqibatda Manhetten orolining havosi qattiq ifloslanadi va odamlar orasida kasallik köpayadi.
Terakt AQŞda islomofobiya kuçayişiga sabab böldi
Uşbu terrorçilik hujumidan söng amerikaliklarda musulmonlarga nisbatan nafrat uyğonadi va joylarda ularga qarşi hujumlar soni keskin ortib ketadi. Öşanda AQŞdagi juda köp musulmonlar jabr çekadi. Odamlarda musulmonlarga qarşi noxuş kayfiyat şakllanişida AQŞdagi yetakçi naşrlar ham muhim rol öynaydi. Ayrim naşrlar tinimsiz ravişda musulmonlarga qarşi tarğibot olib boradi. Ikkinçi tomondan esa öşa paytda AQŞ Senatida, islom diniga e’tiqod qiladigan davlatlardan keladigan insonlarni mamlakatga kiritmaslik va bu yerda vaqtinçalik yaşab yurgan musulmonlarni ham çiqarib yuborişni muhokama qila boşlaşadi. Bunday radikal takliflar rad etiladi.
Yana bir qiziq jihati şundaki, aynan 11 sentabr hodisalaridan keyin musulmonlarga qarşi keng kölamda tarğibot olib borilgani bilan aholi orasida islom diniga qiziqiş ortib ketadi. Odamlar bu din haqidagi ma’lumotlarni köproq izlay boşlaydi. Oddiy amerikaliklar orasida bu dinni qabul qiluvçilar soni ortadi.
Terrorçilik xuruji uçun javob
2001 yil dekabr oyida AQŞ BMTning 1386-sonli rezolyutsiyasi qabul qilinişiga erişadi. Rezolyutsiyada dunyodagi terrorçilarni qöllab-quvvatlayotgan davlatlarga harbiy kuçlar yordamida zarba beriş közda tutilgan edi. AQŞning eng birinçi nişoni Afğoniston böladi. Ammo AQŞ boşliq xalqaro koalitsiya kuçlari terrorçilarga zarba beriş uçun Afğonistonga avvalroq kirib bölgandi. AQŞning Afğonistondagi faol harbiy harakatlari 2001 yil 7 oktyabridan 2014 yil 28 dekabrigaça davom etadi.
Öşanda AQŞ birgina Afğonistonga qöşin kiritiş bilan çeklanmaydi. Bill Klintondan söng AQŞ prezidenti bölgan kiçik Jorj Buş Iroq va uning rahbari Saddam Husaynning «dodini beriş»ni xohlardi. 11 sentabr bahonasida bunga imkoniyat tuğiladi. AQŞ Iroq bilan 1990 yilda ham uruşgan va qisqa muddatda Iroq yengilganiga qaramay, Saddam Husayn öz hokimiyatini saqlab qolgan edi. Qiziği şundaki, Iroq bilan birinçi uruş bölib ötganda AQŞni Jorj Buşning otasi katta Jorj Buş boşqarayotgan edi. Şu tariqa ota-bola Buşlar öz hukmronligi davrida Iroqqa qarşi ikki marta uruşgani bilan tarixda qoldi.
2003 yil 15 martda AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya kuçlari Saddam Husaynni ağdariş uçun Iroqqa bostirib kiradi. AQŞning Afğonistonga bostirib kirişini 11 sentabr uçun qasos ölaroq qabul qilganlar ham uning Iroqqa bostirib kirişini hazm qila olişmadi. Öşanda AQŞ harbiylarining Iroqqa bostirib kirişini köpçilik qoralab çiqadi. Şunga qaramay, AQŞ bu mamlakatni öz nazoratiga oldi.
AQŞ armiyasi Iroqqa bostirib kirar ekan, ungaça kiçik Buş OAV orqali «Iroqning xavfli kimyoviy qurollar ustida iş olib borayotgani, agar Saddam Husaynning tanobi tortib qöyilmasa, u atom bombasi yaratib olişdan ham qaytmasligi» haqida tinimsiz tarğibot olib boradi. Bunday tarğibotlar natijasida AQŞ aholisi Iroqni öz davlati uçun eng asosiy duşman deb öylay boşlaydi.
Xalqaro kuçlar Iroqqa bostirib kirgandan söng bu yerda kimyoviy qurol yöqligi ma’lum böldi.
Iroqdan kimyoviy qurol topilmagaç, kiçik Buş boşçiligidagi AQŞ rahbariyati qattiq tanqidlar ostida qolib ketadi. Ammo ğişt qolipdan köçgan, Iroq vayronaga aylanib bölgan edi.
AQŞning Iroqqa qarşi ikkinçi uruşi Saddam Husayn uçun ayançli tugaydi. U AQŞ harbiylari tomonidan asir olinib, söng sud qilinadi va 2006 yil 30 dekabr, Qurbon Hayiti kuni osib öldiriladi. Keyinçalik AQŞ Senati tayyorlagan hisobotda Saddam Husaynning xalqaro terrorçi guruhlar bilan aloqasi bölmagani keltiriladi.
Öşanda Iroq bosib olingaç AQŞning navbatdagi öljasi kim bölar ekan degan savol kun tartibiga çiqadi. Aksariyat siyosiy tahlilçilar AQŞ–Eron uruşi yuz berişini taxmin qila boşlaydi. Ammo Iroqdan kimyoviy qurol çiqmagani ortidan tanqidlar ostida qolib ketgan kiçik Buş Eronga qarşi uruş oçişga jur’at eta olmaydi.
AQŞning Afğoniston va Iroqqa bostirib kirişi oqibatida bu ikki mamlakat batamom vayron böladi. Şu tariqa, AQŞ 11 sentabr uçun oşiği bilan qasos olgandi desak böladi.
AQŞning Afğoniston va Iroq uruşiga sarflagan mablağlari
11 sentabr voqealari ortidan boşlangan harbiy kampaniyalarda AQŞ hisobsiz mablağ işlatadi.
Öşa paytda AQŞ Kongressi Afğonistondagi harbiy harakatlar uçun 815 milliard dollar, Iroqdagi uruş uçun 686 milliard, boşqa xarajatlar uçun uçun 100 milliard dollardan oşiqroq mablağ ajratadi.
Şu tariqa, 2001 yildan 2014 yilgaça AQŞ Afğoniston va Iroqda jami 1,6 trillion dollar mablağ sarflaydi. Yana bir ma’lumotga köra, AQŞ 11 sentabr hodisasidan söng harbiy xarajatlar uçun 6 trillion dollar mablağ sarflagan.
Agar AQŞ Kongressi Afğoniston va Iroq uruşi uçun ajratgan 1,6 trillion dollardan taşqari, bu mamlakat har yili 700 milliard dollar mablağni öz harbiy xarajatlari uçun sarflab borişini inobatga olinsa, uning jami harbiy xarajatlar uçun 6 trillion sarflangani ham haqiqat bölib çiqadi.
Öşanda yillik harbiy xarajatlardan taşqari Afğoniston va Iroqda olib borilgan harbiy harakatlar uçun Qöşma Ştatlar har yili qöşimça 100 milliard dollardan köproq mablağ sarflab boravergan.
11 senyabr hodisalari haqidagi şubhalar
11 sentabr xurujlari röy berganda hammaning xayoli terrorçilarda va ularning hujumi tufayli kelib çiqqan yöqotişlarda böldi. Yuqorida yozilganday, bunga nafaqat AQŞdagi balki dunyoning köplab mamlakatlarida faoliyat olib borgan OAV ham yaxşigina hissa qöşdi. Öşanda barça bu teraktni qoralab çiqdi. Uning ijroçilarini jazolaş talab qilindi. Ammo keyinçalik AQŞ 11 sentabr hodisalariga mutlaqo aloqasi bölmagan Iroqqa ham bostirib kirgandan söng bu hodisa haqida turli şubha va gumonlar ham paydo böla boşladi.
11 sentabr hodisalari sodir bölgandan söng köplab olimlar bu hodisani sinçiklab örgana boşlaydi. Ularning bir qismi 11 sentabr hodisalari haqidagi asl haqiqatlar AQŞ hukumati, xususan kiçik Buş ma’muriyati tomonidan yaşirilgan deb xulosa beradi.
Bunday xulosaga kelgan olimlardan biri – Yuta universiteti fizika professori öşa paytda egiz binolar qoldiqlarini sinçiklab örganadi va binoni qulatiş uçun portlovçi moddalardan foydalanilgan degan xulosaga keladi. Uning fikriça, birgina samolyot borib urilişi sabab 100 qavatli binolarning qulab tuşişi bu juda şubhali holat.
11 sentabr hodisalari haqida şubha bildiradigan boşqa bir guruh esa, öşanda haqiqatdan terrorçilik hodisasi sodir etilganiga şubha qilmasligini bildiradi, ammo «yerning tagida ilon qimirlasa biladigan» AQŞ razvedka va xavfsizlik kuçlari terrorçilarning bu hujum haqidagi rejasidan xabardor bölgan va ularni töxtatiş uçun çora körmagan deb hisoblaydi. Ularning fikriça, bu terrorçilik xuruji öşa paytda dunyodagi geosiyosiy maydonda nazorat örnatiş va energo resurslarga boy hududlarni bosib oliş niyatida bölgan AQŞ rahbarlariga kerak bölgan. Ammo bu qaraşlar va taxminlar jahon miqyosida tan olinmagan.
Xulosa
11 sentabr hodisalari nafaqat amerikaliklar balki jahon ahli uçun katta musibatlarni keltirib çiqardi. Şu hodisa va u sababli boşlangan harbiy harakatlar oqibatida bir qança davlatlar vayronaga aylandi, ön minglab insonlar halok böldi, millionlab insonlar uy-joyidan ayrilib qoçoqqga aylandi. Eng yomoni dunyoning turli çekkalarida insonlar hanuz öşa hodisani deb jabr çekmoqda. Şunday ekan, bunday hodisalar boşqa takrorlanmasin. Yer yuzida aslo uruş bölmasin!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi