Joriy yilning 24 fevral kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida Özbekiston-Ozarboyjon işbilarmonlar kengaşining uçinçi yiğilişi bölib ötdi.

Savdo-sanoat palatasi xabariga köra, tadbirda Töra Bobolov palata raisining birinçi örinbosari va Özbekiston tomoni işbilarmonlar kengaşi hamraisi sifatida iştirok etgan. 

Bundan taşqari, Ozarboyjon Tadbirkorlar (iş beruvçilar) taşkilotlari milliy konfederatsiyasi prezidenti va işbilarmonlar kengaşi Ozarboyjon tomoni hamraisi Vugar Zeynalov, turli vazirlik va idoralar, işbilarmon doiralar vakillari ham qatnaşgan.

Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabr oyi oxirida prezident farmoniga köra, Töra Bobolov boşqa işga ötişi sababli lavozimidan ozod etilgan edi.

Töra Bobolov 2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida işlab kelgan. 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimini egallagan.