Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat yangi tahrirdagi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi
Qonunda energetika sohasida raqobat muhitini yaratish, treyderlar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan umumiy qoidalar, ularning huquqlari va majburiyatlariga oid normalar belgilangan.

Senatning 54-yalpi majlisida yangi tahrirdagi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Ta’kidlanishicha, amaldagi qonun 2009 yilda qabul qilingan bo‘lib, unda elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori, jumladan, sohada raqobatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari nazarda tutilmagan, elektr ta’minotining ishonchli, xavfsiz, barqaror hamda kam xarajatli ishlashini ta’minlaydigan normalar aks ettirilmagan, iste’molchilarning narxlar va xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha manfaatlarini himoya qilish kafolatlari belgilanmagan edi.
Yangi tahrirdagi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi qonun bilan iste’molchilarning narxlar, ishonchli elektr ta’minoti va xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha manfaatlarini himoya qilish, elektr energiyasi jiddiy to‘siqlarsiz sotiladigan likvidli bozorni shakllantirish maqsadida samarali, shaffof, tabaqalashmagan va raqobatdosh elektr energiya bozorining yuzaga kelishi va rivojlanishiga ko‘maklashish nazarda tutilgan.


Qonunda raqobat muhitini rivojlantirish, xususiy sarmoyalarni jalb qilish va joriy etishni rag‘batlantiruvchi elektr energetika tarmog‘ining samarali faoliyat yuritishi uchun tuzilma va umumiy qoidalar belgilangan.
Shuningdek, elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozor qoidalari ham aks ettirilgan.
Bundan tashqari, qonunda elektr energiyasi bozorida treyderlar (jismoniy yoki yuridik shaxslar) faoliyatini tartibga solishga qaratilgan umumiy qoidalar, ularning huquqlari va majburiyatlariga oid norma ham kiritilmoqda.


Senatorlarning ta’kidlashicha, qonunning qabul qilinishi sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilishga va bu orqali elektr energetikasi sohasi samarali faoliyat yuritishiga, elektr energetikasi korxonalari huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari belgilanishiga hamda elektr energiyasini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026