Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi forumida YeOII tuzilmasi içida Rossiya va Belarus ittifoq davlati «fenomeni» mavjudligiga e’tibor qaratdi va hamkasblarni mamlakatlar integratsiyasining turli darajalarini muhokama qilişga taklif etdi.
«Jahon siyosiy tarixida noyob pretsedent yoki fenomen - yagona siyosiy, huquqiy, harbiy, iqtisodiy, valuta, madaniy, humanitar makoni bilan «ikki davlat – bir mamlakat» formulasi böyiça davlatni yaratiş hodisasi. Yagona ittifoq hukumati, yagona ittifoq parlamenti va meni keçirib qöyasiz, hatto yadro quroli ham hozir ikkita davlatga bitta.
Qozoğiston, Qirğiziston va Armaniston bilan integratsiyaning boşqa darajasi ham mavjud va biz bu reallik bilan hisoblaşişimiz kerak: bunday şaroitda qanday işlaymiz. Bu konseptual masala. Öylaymanki, biz uşbu iqtisodiy forumda mazkur muammoni muhokama qilişimiz kerak», — deya qayd etdi qozoqlar prezidenti.
Ekspertlarga köra, Töqayev bu gaplari bilan YeOIIning hozirgi formatining kelajagi yöqligi va u uzoq yaşay olmasligi haqidagi fikrni diplomatik ohangda bildirib qöygan.
Xususan, siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Qozoğiston prezidenti bu orqali YeOII doirasida bir emas, ikkita ittifoq borligiga e’tiroz bildirganiga e’tibor qaratgan: «Lukaşenko har doimgidek «kelinglar, birgalikda ğarbga qarşi kuraşaylik, bardam va hamjihat bölaylik!» degan pozitsiyani ilgari surdi. Lukaşenkoning aytadigan boşqa pozitsiyasi ham deyarli qolmadi. U hokimiyatda ötiriş uçun Putinga yoqişi kerak. Putinga yoqiş uçun esa ğarbga qarşi gapirişi kerak.
Sammitda Töqayev har doimgidek özining «lekin»larini bildirdi. Töqayev YeOII doirasida bir emas, ikkita ittifoq borligi va bu ğalati ekanligini bildirdi.
Ya’ni YeOII doirasida ikkiga böliniş, ikkita jamoa borligi va bu ziddiyatlar keltirib çiqarayotganiga e’tibor qaratdi. Va, «Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi – bu eng avvalo, iqtisodiy birlaşma» deya urğulab qöydi.
Putinning yuzidan, xömrayib ötirişidan Töqayevning gaplari yoqmaganini biliş qiyin bölmadi. Ittifoqçilar!»
Ekspert şuningdek, bunday şaroitda Özbekistonning YeOIIga kirişi oqibatlaridan ogohlantirgan. U Özbekiston rahbari taklif etilganiga qaramay, sammitga bormaganini ta’kidlab, bu yaxşi xabar ekanini, lekin endi Moskva tomonidan Özbekistonni YeOIIga a’zo qiliş borasidagi bosimlar kuçayib borişini qayd etgan.

















