Oliy sud xabariga ko‘ra, sudlanuvchilar - M.Ahmedov (1973 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), N.Jo‘rayev (1972 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), R.Mirsharipov (1974 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), F.Ahrorov (1995 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), D.Mallayev (1997 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), O.Otashev (2000 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Sh.Mirzojonov (2000 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), B.Shodiyev (1980 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), Yo.Jo‘rayev (2002 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Sh.Mahmadaliyev (1993 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Z.Zaylobov (2001 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), Sh.Olimov (2002 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), B.Foziljonov (1976 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), X.Safarjonov (2001 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), R.Hasanov (1988 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), X.Rahmonaliyev (1997 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), S.Ismatov (1996 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), J.Bo‘ronboyev (1996 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), D.Xolmatjonov (1999 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan), F.Jonuzoqov (1988 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan), I.Sobirov (2002 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan) va S.Parpiyevga (1975 yilda So‘x tumanida tug‘ilgan) nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi T.Vahobov raisligida hamda xalq maslahatchilari N.Musinova va Z.Qosimovadan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyat sudining 2021 yil 18 martdagi hukmiga ko‘ra:

M.Ahmedov Jinoyat kodeksining 244-moddasida (ommaviy tartibsizliklar) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

N.Jo‘rayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

R.Mirsharipov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R.Mirsharipovning 2020 yilning 22 avgust kunidan 18 mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga o‘tash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi;