Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gektariga 20 sentnerdan kam hosil olgan fermerdan yer olib qo‘yiladi
Prezident 16 iyun kungi videoselektor yig‘ilishida belgilangan me'yordan kam g‘alla olgan fermer va klasterlardan yer qaytarib olinishi haqida gapirdi.
«Bu yil qilingan barcha chora-tadbirlar, o‘z vaqtida yetkazib berilgan o‘g‘it, agrotexnik tadbirlar, qolaversa, ob-havoning qulay kelgani sababli g‘allachilikda mo‘l hosil kutilyapti. Endi iloji boricha g‘allamizni tez yig‘ishtirib olib, bir kun oldin bo‘lsa ham eksport mahsulotlarini eksak, hozirgi iqtisodiyotimizga madad bo‘ladi.
Masalan, Yozyovon tumanidagi «Bahrombek» fermer xo‘jaligi 95 sentner hosil olyapti», degan prezident.
Shuningdek, Termiz, Paxtakor, Sayxunobod tumanlaridagi bir qator fermer xo‘jaliklar ham 80-90 sentnerdan hosil olishni rejalashtirib turgani qayd etib o‘tildi.
Davlat rahbari bu hosildorlik nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilishi, balki fermer ham boy bo‘lishini ta'kidlagan.
«Shu o‘rinda yana bir gapni aytmoqchiman. Mana, Barnoyev o‘tiribdi selektorda. Agar qaysi viloyatda 20 sentnerdan kam hosil olinsa, menga ma'lumotnoma yozib, yerni olasiz. Mana shunday sharoitda mo‘l hosil olmagan fermer yerning egasi emas», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
10:08 / 14.03.2026
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
20:58 / 21.02.2026
Human Righs Watch O‘zbekiston hukumatini fermerlarga erkinlik berishga chaqirdi
16:40 / 21.02.2026