Yaqin oylar içida içki işlar tizimi xodimlari uçun yangi formalar jamoatçilikka taqdim etiladi. Bu haqda içki işlar vaziri örinbosari, Toşkent şahar IIBB boşliği Rustam Jörayev ma'lum qildi.

“Yangi formalar har qanday rasmiy çiziqlardan xoli va qulay bölişiga e'tibor qaratiladi. Çunki jamoatçilik orasida yuruvçi, operativ jarayonlarda iştirok etuvçi içki işlar xodimi çaqqon bölişi lozim. Ammo eng muhimi forma emas, forma içidagi inson – ya'ni içki işlar xodimning malakasi, işga munosabati, vijdonliligi. Hozir yangi forma masalasi atrofliça körib çiqilyapti, tez orada taqdim qilamiz”, – dedi Rustam Jörayev maxsus brifingda.

Tadbirda R. Jörayev içki işlar bölimlariga yangi xodimlarni işga oliş masalasiga ham e'tibor qaratdi.

“Oldinlari işga kiriş uçun topşirilgan hujjatlar 6-7 oy, ba'zan yillab yotavergan. Hozir uzoği bilan 40 kunda qabul qiliş-qilmasligimiz haqida aniq javob beryapmiz. Işga qabul qiliş tizimini mutlaqo alohida qildik, maxsus binoga köçirdik. Şuningdek Toşkent şahrida tuman IIB rahbarlari deputatlar tomonidan tasdiqlanişi joriy qilinadi”, - deydi IIBB boşliği.