Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 63-xalqaro gullar festivali an’anaviy avtomobillar paradi bilan boshlandi
Festivalning birinchi kuni an’anaviy avtomobillar paradi bilan boshlandi. Namangan xalqaro aeroportidan to Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘igacha bo‘lgan 10 kilometrdan ortiq masofani gullar bilan bezatilgan turli rusumdagi 200 dan ortiq avtomobillar bosib o‘tdi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati
Namangan shahrida 63-xalqaro gullar festivali boshlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Joriy yil 23 iyunga qadar davom etadigan festivalga 6 milliondan ortiq mehmonlar, jumladan, 200 mingdan ortiq xorijiy sayyohlar buyurishi kutilmoqda.

O‘tgan yili Namanganga bir oyda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 4 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurdi, qayd etdi festivalning rasmiy ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramga uzoq va yaqindan 100 mingta sayyoh tashrif buyurgan.


Festivalning birinchi kuni an’anaviy avtomobillar paradi bilan boshlandi. Namangan xalqaro aeroportidan to Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘igacha bo‘lgan 10 kilometrdan ortiq masofani gullar bilan bezatilgan turli rusumdagi 200 dan ortiq avtomobillar bosib o‘tdi.

Mavzuga oid
11:10 / 16.01.2026
Namanganda tezkor tadbirlarda qariyb 21 kg “gashish” muomaladan olindi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025