Toşkent şahri Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev profilaktika inspektorlariga köçadan daydi şaxslarni topib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriş böyiça topşiriq bergani uçun lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda 11 aprel kuni Içki işlar vazirligi tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida Içki işlar vaziri örinbosari Ramazon Aşropov ma’lum qildi. Holat yuzasidan ötkazilgan xizmat tekşiruviga köra, Xudoyberdiyev işdan olingan.

Yaqinda uning profilaktika inspektorlariga “300 ta ma’muriy bayonnoma tuziş” rejasini belgilab bergan va barça xodimlarga köçaga çiqişni buyurgan audiosi jamoatçilikning keskin muhokamalariga sabab bölgandi. Abror Xudoyberdiyev daydi topmagan xodimning qarindoşini yoki özini daydi sifatida “yopişi”ni aytgan.