Qotillik sodir etilgan Andijon şahar Özbekiston mahallasi, Zafar köçasida bölganimizda aholi öz farzandlarini vahima va qörquvdan köçaga öynagani ham çiqarmay qöyganini aytişdi.

Prokuratura ayni paytda jinoyat sodir etgani aniqlangan Yo.D. işi böyiça dastlabki tergov harakatlarini boşlagan.

Aniqlanişiça, bu ayolning nomida bölgan uyda 2022 yil aprel oyidan buyon qarindoşi (xolavaççasi), 2 nafar voyaga yetmagan farzandi (öğli 10 yoş, qizi 7 yoş) va buvisi bilan yaşab kelişgan.

Ayol öz körsatmasida xolavaççasini oilasi buzilib ketişiga sababçi bölganlikda ayblab, yuklarini öz uyiga olib kelmoqçi bölganida xolavaççasi bunga qarşilik qilgani, unga uyni böşatib qöyiş haqida qöygan talabini ham rad qilib kelayotganini bildirgan.

Şunda ayol xolavaççasidan qasd oliş maqsadida uning uyda yöqligidan foydalanib 16 iyun kuni uyga kelib, xolavaççasining 2 nafar farzandini qasddan öldirib, jasadlarini uyning ayvon qismiga, pol tagidagi yertölaga yaşirgan.

Voqea qanday bölgan?

Onaizor bolalarini yöqolib qoldi deya qöni-qöşnilar bilan uç kun izlagan edi.

“Yolğiz ona bolalari bilan yaşardi. Rözğor, tirikçilik uçun işlardi. Har kuni köz oldimizda yurgan bolajonlar. “Bolalarim yöqolib qoldi” deb yugurib qoldi. Hamma izlaşga tuşdi. Qotillikda ayblanayotgan ayolni yaxşi tanirdik. Heç bunday iş qiladiganga öxşamasdi. Hamşira bölgani uçun nevaralarimga ukol qilardi. Homilador edi. Uni bu darajada yovuzlik qilişi miyamga siğmayapti.

Bolalarning öligi topilgan kuni onaning oh-u zori, dodini eşitib yuraklarimiz tökilib ketdi. Haligaça özimizga kelmayapmiz”, – deydi mahalla fuqarolaridan biri Zuhra Matyoqubova.