«Prezident farmoni bilan, 2020 yil 1 sentyabrdan boşlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga, zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oşirilmoqda.

Bu farmon 2.5 trln.lik çora tadbirlarni öz içiga olgan.

Buning natijasida 2 mln 800 ming nafar keksa yoşdagi pensionerlar va 700 mingga yaqin nogironligi bölgan nafaqaxör şaxslar pandemiya paytida davlat tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.

Bizga savol berişlaringiz mumkin, nega 10 foiz va nimadan kelib çiqqan holda, deya.

Bu inflatsiyami? Yöq, bu inflatsiya emas. Bizda inflatsiya 7 oylik körsatkiçlar böyiça ança past. Dastlabki ma'lumotlarga köra, bizda ötgan 7 oylik böyiça 4,3 foiz bölişi kutilmoqda.

Bu 10 foiz esa qariyalarning turli mahsulotlarga va xizmatlarga bölgan ehtiyoji uçun. Aynan şunday qiyin paytda ular qöllab-quvvatlanyapti», – deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Abruyev hukumat «bu oşirişda özining bor moliyaviy imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda» iş körayotganini ta'kidladi.

«Çunki mana şu tadbirning özi 2020 yil budjeti uçun 1 trln 40 mlrd söm qöşimça harajat bölyapti.

Xöş, bu nima uçun 2 yoki 3 trln emas? Çunki biz hisob-kitob va imkoniyatimizdan kelib çiqib işlayapmiz. Buning uçun biz çetdan heç qanday qarz jalb qilmayapmiz», dedi u.

Vazir örinbosari öz sözida şu kabi tölovlarni oşirişda 2019 yildan boşlab yangi tizim işlayotgani, ya'ni «eng kam iş haqi» tuşunçasi örniga «bazaviy hisoblaş miqdori» atamasi kiritilganini ham eslatib ötdi.

«E'tibor bergan bölsangiz, biz şu yilning 1 fevralida ham faqat iş haqi, pensiya va nafaqani oşirdik. Hozir ham pensiya va nafaqalarning özini oşiryapmiz va bunga boşqa tölovlarni oşirmaslik orqali erişildi», dedi Jamşid Abruyev.