Malayziyada Sahih al-Buxoriy xalqaro hadisshunoslar tanlovi ochildi
Malayziyaning ma’muriy markazi – Putrajayya shahridagi Putra masjidida 2024 yilgi Sahih al-Buxoriy xalqaro hadisshunoslar tanlovining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Foto: "Dunyo" AA
Tadbirda Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim, mamlakat hukumati, diplomatik korpus va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tantanali ochilish marosimida dunyoning turli mamlakatlarida Imom al-Buxoriy merosini o‘rganish bilan shug‘ullanib kelayotgan 15 dan ortiq ulamolar faxriy mehmon sifatida qatnashdi.
O‘zbekistondan mazkur tadbirda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi imom xatibi shayx Ismoiljon Muhammad Sodiq ishtirok etdi.
Putra masjidida o‘rnatilgan ko‘p sonli ekranlarda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy maqbarasining tarixi, uning obod qilinishi yo‘lidagi sa’y-harakatlar, ayniqsa, 2017 yildan keyin O‘zbekiston prezidenti rahbarligida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi.
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim o‘z nutqida buyuk alloma Imom al-Buxoriyning islom olami rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidladi.
Hindiston bosh muftiyi shayx Abu Bakar Ahmad al-Malibari o‘zining ma’ruzasida Imom al-Buxoriyning hadis ilmi rivojida tutgan o‘rni haqida to‘xtaldi.
Tadbirga taklif etilgan hadisshunos olimlar ham Imom al-Buxoriyning hadis ilmi rivojiga hissasi va uni o‘rganishning muhimligi to‘g‘risidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shu o‘rinda, o‘zbekistonlik mutaxassis shayx Ismoiljon Imom al-Buxoriy merosini o‘rganishda O‘zbekistonda olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi.
Sahih al-Buxoriy xalqaro hadisshunoslar tanlovi Malayziya hukumati tashabbusiga binoan har yili o‘tkazib kelinadi. Unda mashhur allomaning merosi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar bu sohadagi bilimlari bilan o‘zaro kuch sinashadilar.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
-
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston | 17:21
-
O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi
O‘zbekiston | 17:20
-
Reuters: Rossiya tomonida turib jang qilishga yuborilgan qariyb 600 nafar KXDR harbiysi halok bo‘ldi
Jahon | 17:12
Mavzuga oid

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda

13:57 / 07.04.2025
Malayziya O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurishga investitsiya kiritadi

11:29 / 05.04.2025