Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma'qullangan

Özbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida»gi Qonuniga quyidagi qöşimçalar va özgartiş kiritildi:

43-modda (Pensiya tayinlaşni sörab murojaat etiş tartibi):

quyidagi mazmundagi oltinçi qism bilan töldirildi:

«Manzil-koloniyalarda jazoni ötayotgan, ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslarga pensiya tayinlaş töğrisidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylaşgan yerdagi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining tuman (şahar) bölimiga beriladi»;

oltinçi - töqqizinçi qismlari tegişinça yettinçi - öninçi qismlar deb hisoblanadi;

quyidagi mazmundagi 53-1-modda bilan töldirildi:

«53-1-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarga pensiyalar tölaş

Manzil-koloniyalarda jazoni ötayotgan, ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslarga pensiyalar tölaş manzil-koloniya joylaşgan yerdagi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining tuman (şahar) bölimlari tomonidan tegişli pensiyalar summalarini mahkumlarning şaxsiy hisobvaraqlariga ötkaziş orqali amalga oşiriladi»;

62-modda (Ozodlikdan mahrum qilingan davr uçun pensiya tölaşni töxtatib qöyiş) «bundan manzil-koloniyalarda jazoni ötayotgan şaxslar mustasno» degan sözlar bilan töldirildi.