23 may kuni Şayxontohur tuman IIB binosida bölib ötgan onlayn sudda jamoatçilik faoli, sobiq imom Şavkat Hasanga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-2-moddasida nazarda tutilgan – diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş va tarqatiş ayblovi qöyilgan. U uşbu harakati uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari (6,6 million söm) miqdorida jarimaga tortilgan.
«11 may kuni Toşkent şahar Şayxontohur tuman IIBga çaqirtirildim. Içki işlar xodimlari telegram-kanalimda e’lon qilingan 6 ta videoni tanlab olib, Din işlari böyiça qömitaga ekspertizaga yuborilganini bildirdi.
Ekspertiza xulosasiga köra, videolarimda aqidaparastlik, terrorizm, diniy adovatga çaqiruvçi ğoyalar yöq, deb topilgan. Lekin materiallar [Din işlari böyiça] qömitaning ekspertlik xulosalarini olmasdan çiqarilgan.
Men şunça yillik rasmiy diniy faoliyatim davomida bunday ekspertiza olinişi kerakligini bilmagandim ham. Mendan boşqa köplab imom domlalar ham aynan şu modda (MJtK 184-2 moddasi) böyiça jarimaga tortilganini aytişdi», — deydi Şavkat Hasan öz videomurojaatida.
Özining sözlariga köra, u uzoq yillardan buyon Özbekiston musulmonlari idorasi tizimida rasman diniy faoliyat bilan şuğullanib kelmoqda. 2005-2006 yillarda Kökaldoş madrasasida tayyorlov kursida, 2006-2010 yillarda grant asosida Kökaldoş madrasasida öqigan. 2010-2014 yillarda esa Toşkent Islom institutini (Oliy ma’had) tamomlab, 2014-2018 yillarda Böstonliq tumanidagi «Olimjon ota» masjidida imom-xatiblik qilgan.
Şundan söng bir qança vaqt Musulmonlar idorasi tizimidagi «Vaqf» xayriya jamoat fondida işlagan. 2021 yildan hozirga qadar esa Çirçiq şahridagi markaziy masjidda imom-xatibning media işlari böyiça yordamçisi hisoblanadi.
«2014-yillardan boşlab oilalarni yaraştiriş böyiça turli komissiyalarda ham işlab keldim. Kötargan mavzularimiz faqat er-xotin munosabatlarini isloh qiliş, jamiyatda ayollar obrösini kötariş va oilani saqlab qolişga qaratilgan edi. Öz-özidan qadriyatlarimizdan kelib çiqib, gaplarimizni oyat va hadislar bilan isbotlab, tuşuntiriş berganman.
Ekspertiza videolarimni qandaydir yomonlikka da’vat deb topganda ham alam qilmas edi, şunçaki öşa qarorga köra ekspertiza qilmaganim uçun şunça jarima berilişi juda alamli va adolatsiz, deb öylayman», — deydi Şavkat Hasan Kun.uz muxbiriga bergan qisqaça intervyusida.

















