Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirğiziston taşqi işlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qirğiziston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Saidovning sözlariga köra, Bişkekdagi issiqlik elektr stansiyasida yuzaga kelgan avariya munosabati bilan Özbekiston tomoni prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan Qirğizistonga yordam körsatişga tayyor.

“Xususan, özbek tomoni yordam tariqasida Andijondan Öş şahriga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilişini ma’lum qildi. Öz navbatida Qirğiziston taşqi siyosat idorasi rahbari Jeenbek Kulubayev birodar sifatidagi insonparvarlik yordamiga tayyorligi uçun samimiy minnatdorlik bildirdi”, – deyiladi xabarda.

Qirğiz Respublikasi TIV axborotiga köra, Turkmaniston prezidenti Servar Berdimuhamedovning topşiriği bilan uşbu mamlakat ham Qirğizistonga suyultirilgan gaz tarzidagi insonparvarlik yordamini yetkazib berişga tayyorligini bildirgan.

2 fevral kuni, havo harorati 0 darajadan past bölib turgan şaroitda Bişkekdagi yagona IESda röy bergan portlaş oqibatida mamlakatning ayrim hududlarida issiqlik va elektr ta’minoti uzilib qoldi. 5 kişi jarohatlanib, ulardan 3 nafarining kasalxonaga yotqizilişiga olib kelgan avariya sabablari hozirça ma’lum emas.