Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat sodir etib qochib yurgan buxorolik shaxs Moskvadan topildi
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan shaxs Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan Moskva shahridan qaytayotganda Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro tumanida yashovchi 40 yoshli R.O. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan hamda Romitan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 10 iyun kuni unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur shaxs Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, O‘zbekistonga qaytishi ta'minlangan. R.O. Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olinib, 4-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Oldinroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingan retsidivist firibgar Andijonda qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
15:39 / 27.11.2025
Zo‘rlangan qiz, o‘g‘irlangan mashina va qotil qochoq – manzil koloniyadan qochib, jinoyat sodir etish holati ko‘paymoqda
12:11 / 15.05.2025
“Akromjon emas, Hamidbekman” – xavfli jinoyatchining 15 yillik siri
17:23 / 11.03.2025
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi
12:13 / 07.12.2024