Iqtisodiyot | 13:55 / 25.06.2024
16887
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yilning 5 oyida UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qariyb 90 foizni tashkil qildi

2024 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning 89 foizi UzAuto Motors, 7,2 foizi ADM Jizzakh, 3,5 foizi BYD hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-may oylarida 162 ming 608 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ tayyorlagan hisobotda keltirib o‘tilgan.

Hisobot davridagi ishlab chiqarishning brendlar kesimidagi ulushi quyidagicha: 

  • UzAuto Motors – 144 ming 822 dona (umumiy ishlab chiqarilgan avtomobillarning 89 foizi);
  • ADM Jizzakh – 11 ming 663 dona (7,2 foiz);
  • BYD Uzbekistan Factory – 5 ming 654 dona (3,5 foiz);
  • Jizzakh Auto – 200 dona (0,1 foiz);
  • SamAuto – 137 dona (0,1 foiz);
  • AsakaMotors – 132 dona (0,1 foiz).

Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekiston yengil avtomobillar bozori hajmi 456 ming 347 donani tashkil etgan. Shundan UzAuto Motors hissasiga 4 mlrd 852 mln dollarlik 369 ming 999 dona avtomobil, ADM Jizzakhʼga 823 mln dollarlik 25 ming dona avtomobil to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, 2023 yilda 291 mln dollarlik 8 ming 948 dona BYD avtomobili, 1 mlrd 197 mln dollarlik 50 ming 435 dona boshqa rusumdagi avtomobillar import qilingan. 

Mavzuga oid